Kalakukko
Kalakukko (kalekukko fin: kalakukko — „baliqli xoʻroz“[1] yoki „baliqli bulochka“[2]) — bu anʼanaviy Fin javdar baliq pirogi. Odatda pirog qiymasi uchun baliq filesi, koʻpincha losos baligʻi, choʻchqa yogʻi yoki bekon qoʻshiladi. Pirog tashqi tomondan katta javdar bolka nonini yodga soladi. Kalakukko har Rojdestvo bayramida Finlarning dasturxonidan joy oladi[3]. Sharqiy Finlandiyadagi Savo tarixiy provinsiyasida yaratilgan mazkur pirog[2] 2002-yildan buyon Yevropa Ittifoqida geografik koʻrsatkich himoyasiga ega[4].
Kalakukko uchun tayyorlangan baliqli qiyma javdar uni, suv va tuz qoʻshilb qorilgan xamir ustiga yoyiladi. Qavat-qavat qilib bekon boʻlaklari teriladi. Hamma tomoni xamir bilan yopilib, pirog yumaloq shaklga keltiriladi. Bir necha soat davomida pishiriladi. Dasturxonga tortishdan oldin, kalakukko pichoq bilan spiral shaklida ochiladi va ichidagi qiyma porsiyalangan likoplarga solinadi. Ovqat javdar pirogining qotgan chetlari bilan birga isteʼmol qilinadi, xuddi non kabi[1][5].
1953-yilgi Finlandiya kinokomediyasida poytaxt shahar Xelsinkini Shimoliy Savodagi Kuopio porti bilan bogʻlaydigan tezyurar poezdga „Uchayotgan Kalakukko“nomi berilgan edi.
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- Васюкова А. Т. „Кухня Финляндии. Калекукко“, . Технология кулинарной продукции за рубежом: Учебник для бакалавров, 1000 экз, М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°», 2015 — 340—345-bet. ISBN 978-5-394-02237-1.
- Романов А. „Калакукко“, . Энциклопедия пекаря. Современные технологии и нормативы. М.: «Ресторанные ведомости», 2019. ISBN 978-5-6040953-0-0.
- Левкина Т. В. „Рыбный финский пирог «Калакукко»“, . Празднуем Рождество. Традиции, кулинарные рецепты, подарки, Русская культура. М.: Даръ, 2012. ISBN 978-5-485-00277-0.
- Kalekukko // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 114. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6.
- Charles Sinclair. kalakukko // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 305. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.