Kalliopi "Kelly" Arauzou (1991-yil 6-martda tugʻilgan) - yunon suzuvchisi. U ochiq suvmusobaqalarida qatnashadi.

Sportdagi faoliyati tahrir

Kalliopi Araouzou 1991-yil 6-martda Gretsiyaning Marousi shahrida tugʻilgan

2010-yilda Kalliopi Araouzou jamoadoshlari Spyridon Gianniotis va Antonios Fokaidis bilan birga Balatonfuredda boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq suv chempionatida jamoaviy hisobda oltin medalni qoʻlga kiritdi[1]. U xuddi shu turnirda ayollar oʻrtasida 5 km masofaga suzish bahslarida Yekaterina Seliverstovadan ortda qolib, kumush medalni qoʻlga kiritdi[2].

Kalliopi Araouzou 2011-yilda Setubalda boʻlib oʻtgan Jahon kubogi musobaqasida 10 km masofaga suzishbahsda bronza medaliga sazovor boʻldi[3]. Yana ikkita kumush medalini 2012-yilda Piombinoda boʻlib oʻtgan Yevropa ochiq suv chempionatida 5 km individual va jamoaviy suzish musobaqalarida Marios Kalafatis va Georgios Arniakos bilan birga qoʻlga kiritildi[4][5].

Kalliopi Jahon chempionatidagi birinchi medalini 2013-yilda Barselonada boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha Jahon chempionatida jamoaviy hisobdagi natijalarga koʻra qoʻlga kiritgan. Bu safargi oʻyinlarda ham jamoadoshlari Spiridon Janniotis va Antonios Fokaydis bilan birga kumush medal sohibi boʻladi[6].

2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Kalliopi Araouzou ayollar oʻrtasida ochiq suvda 10 km masofaga suzish bahslarida qatnashgan. U 1:57:31,6 natija bilan 11-oʻrinni zabt etgan[7].

2019-yilda Janubiy Koreyaning Kvanju shahrida boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha ayollar oʻrtasida 5 km va 10 km masofaga suzish musobaqalarida ishtirok etdi[8][9]. 5 km musobaqasida u 19-oʻrin va 10 km lik bahslarda 37-oʻrinni egalladi[8][9].

Manbalar tahrir