Camelia Adina Hora (1986-yil 5-sentyabrda tugʻilgan[1][2]; Kamelia nomi bilan tanilgan) – ruminiyalik pop-raqs qoʻshiqchisi.

Kamelia
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 5-sentyabr 1986-yil (1986-09-05) (37 yosh)
Ștei, Ruminiya
Fuqaroligi Ruminiya
Janr Pop, reggaeton
Faoliyat yillari 2000—hozirgacha

Faoliyati tahrir

Camelia Adina Hora 1986-yil 5-sentyabrda Shtei shahrida tugʻilgan. U 14 yoshida qoʻshiq aytishni boshlagan hamda ukasi, bastakor va prodyuser Jorj Xora bilan birgalikda „DGTAL“ deb nomlangan guruh tuzgan[3].

Kamelia Megastar tanlovida (2006–2007) qatnashgan va Ruminiyaning „Simplu“ guruhining gastrollaridan birida ishtirok etgan[4][5].

Kamelia reper Puya va Jorj Xora bilan hamkorlik qilishni boshlaganidan keyin keng tanildi[6]. 2009-yilda uning „Change“ qoʻshigʻi Ruminiyada eng koʻp tinglangan 100 ta qoʻshiq orasida 19-oʻrinni egalladi[7]. 2010-yilda esa xuddi shu qoʻshiq 48-oʻrinni oldi. Xuddi shu yili, 2010-yilda Puya bilan hamkorlikda „V.I.P.“ qoʻshigʻi 21-oʻrinni oldi[8].

2014-yilda Kamelia Ruminiyadagi eng koʻp tinglangan 100 ta qoʻshiq qatorida Vescan bilan birga kuylagan „Piesa mea preferată“ qoʻshigʻi bilan 30-oʻrinni egalladi[9].

Kamelia 2014-yil avgust oyida Media Music Awards tanlovida Fans Like Award mukofotiga nomzod boʻldi[2].

2010–2017-yillar oraligʻida Kamelia „V.I.P.“, „Come again“, „Prima oara“, „Vara rece“, „Piesa mea preferata“ va „Amor“ kabi bir nechta muvaffaqiyatli taronalarini chiqardi[3].

Singllari tahrir

  • 2009-yil – „Change“ (Puya va Jorj Xora bilan)
  • 2010-yil – „V.I.P.“ (Puya bilan)
  • 2010-yil – „Dreaminʼ“
  • 2011-yil – „Come again“
  • 2011-yil – „Prima oara“
  • 2012-yil – „U can do it“ (Dj Asher va ScreeNga bilan)
  • 2012-yil – „I donʼt care“
  • 2012-yil – „Break it down“
  • 2012-yil – „Vara rece“
  • 2012-yil – „Voltaj-Lumea ea mea“
  • 2012-yil – „Am invatat“ (Voxis bilan)
  • 2012-yil – „Trecem peste“ (Blazon bilan)
  • 2012-yil – „Ai aparut“ (Jorj Hora bilan)
  • 2013-yil – „Piesa mea preferata“ (Vescan bilan)
  • 2013-yil – „Bolnav cu Muzica“ (Alan va Kepa bilan)
  • 2014-yil – „Film de iubire“ (Stres bilan)
  • 2014-yil – „Ramas bulochka“ (Endryu va Blazon bilan)
  • 2014-yil – „Inima ta“ (Junior High bilan)
  • 2014-yil – „Never Let You Go“ (Voxlight bilan)
  • 2014-yil – „Te rog“
  • 2015-yil – „Stiu ca esti al meu“
  • 2015-yil – „Dependentza“ (Bitza bilan)
  • 2015-yil – „Piesa noastra“ (Kolin bilan)
  • 2015-yil – „Amor“
  • 2016-yil – „Imi voi aminti“ (Bibanu MixXL bilan)
  • 2017-yil – „Suave“

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir