Kamo viloyati (Kamoi viloyati) — Armaniston SSR va Armaniston tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birlik sanalgan, 1930—1995 yillarda mavjud boʻlgan. Markaz — Kamo .

Kamo viloyati (Kamoi viloyati)
Kamo
Mamlakat Armaniston
Maʼmuriy markazi Kamo
Aholi 30,6 ming kishi (1989)
Xaritada

Tarixi

tahrir

Tuman 1930-yilda Nor-Bayazet tumani nomi bilan tashkil etilgan.

1959-yilda Nor-Bayazet viloyati Kamo viloyati (Kamoi viloyati) deb oʻzgartirildi. 1962-yilda tuman tugatildi, ammo 1964-yilda u qayta tiklandi. U 1995-yilda Armanistonning yangi maʼmuriy-hududiy boʻlinishga oʻtishi davrida bekor qilingan. Kamo viloyati aholisi nisbatan siyrak joylashgan[1].

Geografiyasi

tahrir

1948 -yil 1-yanvarda tuman hududi 611 km² tashkil etgan. Armanistonning markaziy qismida joylashgan, sharqdan dengiz siohillarini yuvib turgan boʻlsa shimoliy, janubiy va gʻarbiy hududlarini esa Armaniston boshqa viloyatlari oʻrab turgan. 1989-yil maʼlumotiga koʻra viloyat aholisi 30,6 ming kishini tashkil etgan. kamo viloyati iqlimi nisbatan yogʻinlar hisobiga yozi salqin qishi sovuq hisoblangan. Kamo viloyatining (Kamoi viloyati) iqlim resurslari shakllanishida uning relyef xususiyatlari va gidrografik jihatdan uni sharqdan va shimoldan oʻrab turuvchi dengiz muhim rol oʻynab bergan. Kamo viloyati (Kamoi viloyati) aholisi dehqonchilik bilan shugʻillanar edi, buning asosiy sabablardan biri unumdor tuproqlardan tashkil topgan edi. Viloyat hududida nisbatan yarim butasimon landshaft manzaralari va oʻrmonlar ham mavjud boʻlgan. Kamo viloyatida (Kamoi viloyati) shifobaxsh buloqlar ham mineral suv resurslariga boy boʻlgan, mahalliy aholi doimiy xoʻjaliginin dehqonchilik, ovchilik va baliq ovlash kabi oziq ovqat sanoatining tarmogʻlarini oʻzida jamlagan edi.

Maʼmuriy boʻlinishi

tahrir

1948-yilga kelib okrug tarkibiga 1 shahar (Nor-Bayazet) va 13 qishloq sovetlari kirdi: Ayrivan, Artsvakar, Axkalinskiy, Atsaratskiy, Batikyanskiy, Gegarkuninskiy, Karmir-Gyuxskiy, Kuzadjikskiy, Lchapskiy, Muxanskiy, Noraduzskiy, Tsaghenskiy[2] shular jumlasidandir.

Manbalar

tahrir
  1. [countrymeters.info „Население Армении“]. 23-avgust 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  2. Армянская ССР. Административно-территориальное деление. Ереван: Армгиз, 1948.