Kamolon qabristoni — Toshkent shahrining Shayxontohur tumanining mashxur Kamolon mahallasida joylashgan qabriston[1]. „Bunyodkor“ shoh koʻchasi va „Samarqand-darvoza“ koʻchalari oraligʻidagi Kamolon koʻchasida, Milliy bogʻ metro bekati yaqinida joylashgan. Qabriston oʻz nomini oʻsha hududda joylashgan Kamolon darvozasi nomidan olgan[2].

Kamolon qabristoni
Joylashuv Shayxontohur tumani, Toshkent
Turi Qabriston
Ochilish sanasi XV asr
Xarita
Koordinatalari 41°30′51″N 69°23′02″E / 41.51417°N 69.38389°E / 41.51417; 69.38389

Tarixi

tahrir
 
Xoʻja Alon Bardor maqbarasi

Qabriston xalq orasida „Kamolon qabristoni“ nomi bilan mashxurdir. Qabriston XV asrda tashkil topgan. Maydoni 6,06 gektarni tashkil qiladi[1]. Qabristonda Xoʻja Alon Bordor maqbarasi joylashgan[3][4][5]. Bazi davlat hujjatlarida „Xoʻja Alon Bordor qabristoni“ nomi ham uchraydi[1]. Shuningdek, u yerda koʻplab taniqli oʻzbek madaniyat arboblari va adabiyot namoyandalari dafn etilgan. Jumladan, yozuvchi Abdulla Qodiriy, shoir Habibiy, dramaturg va shoir Xurshid dafn etilgan.

Joylashuvi

tahrir

Qabriston Kamolon mahallasida joylashgan boʻlib, uning yonida Kamolon masjidi joylashgan. Qabristondan 600 metr uzoqlikda Oliy Majlis binosi joylashgan.

Obodonlashtirish

tahrir

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1014-sonli qarori asosida ushbu qabriston va shuningdek „Zax qabristoni“ hamda „Ko‘kcha Shayx Zayniddin“ qabristonining 2018—2020-yillarda sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish, aholi ziyorat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va qabristonning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 144,0 mln. soʻm mablagʻ ajratilgan[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir