Kan O Nam (1926-yil 28-iyul, Uzoq Sharq viloyati, Posyetovskiy tumani, Krasnoye Selo shahri – vafot etgan yili nomaʼlum, Moskva) – Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani, Engels nomidagi kolxoz agronomi[1]. Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan oxirgi koreys (1976). SSSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati.

Kan O Nam
Tavalludi 28-iyul 1926-yil
Krasnoye Selo, Posyetskiy tumani, Uzoq Sharq viloyati
Vafoti nomaʼlum
Moskva
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Kan O Nam 1926-yil 28-iyulda Posyetovskiy tumani, Krasnoye Selo shahrida dehqon oilasida tugʻilgan[2]. Novokievskoye qishlogʻida (hozirgi Kraskino) boshlangʻich maktabning toʻrtinchi sinfini tugatgan. 1937-yilda ota-onasi bilan birga Toshkent viloyatiga surgun qilingan.

1940-yilda u 14 yoshli oʻsmir sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. Toshkent viloyatidagi „Stalin Konstitutsiyasi“ kolxozida ishlagan. 1943-yildan Oʻrta Chirchiq tumani, Engels nomidagi kolxozda oddiy kolxozchi, 1945–1963-yillarda shu kolxozda sholichilik brigadasi rahbari, 1964–1986-yillarda esa paxtachilik brigadasi rahbari boʻlgan.

1975-yilda Kang O Nam jamoasi paxta yetishtirish boʻyicha toʻqqizinchi besh yillik (1971–1976) topshiriqlarini muddatidan oldin bajargan. Mazkur besh yillik reja yillarida jamoa paxta xomashyosi hosildorligini gektariga 12 sentnerdan 43,1 sentnerga oshirgan. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1976-yil 25-dekabrdagi farmoni bilan u Lenin ordeni, O‘roq va Bolg‘a oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

U Toʻrt marta Xalq xoʻjaligi yutuqlari Butunittifoq koʻrgazmasida qatnashgan.

Bir necha bor xalq deputatlari Oʻrta Chirchiq tuman Kengashi deputati (1964–1979), Angren saylov okrugidan 10-chaqiriq SSSR Oliy Kengashi deputati (1979–1984) etib saylangan.

1970-yillardan Toshkentda, 1980-yillarning boshidan esa Moskvada yashagan. 1980-yillar boshida u Sotsialistik Mehnat Qahramoni Xvan Man Geum bilan birgalikda delegatsiya tarkibida Shimoliy Koreyaga tashrif buyurgan.

Kang O Nam Moskvada vafot etgan. Oʻlim sanasi aniqlanmagan.

Mukofotlari

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
  • Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar

tahrir