Kanada — Litva munosabatlari Kanada va Litva oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir. Davlatlar Jahon Savdo Tashkiloti, NATO, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo. Aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Kanadada 59 285 litvalik yashaydi. Kanadadagi litvaliklarning aksariyati Ontario provinsiyasida yashaydi. Litvalik eng mashhur kanadaliklar orasida Leonard Koen, Birutė Galdikas, Ruta Li, Arch Enemy vokalisti Alissa Wayt-Glu, Ginnes rekordlar kitobining rekordchisi poliglot Pauell Yanulus va boshqalar bor.

Kanada — Litva munosabatlari

Kanada

Litva

Tarixi

tahrir

1937-yilda mamlakatlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. 1944-yilda Litvaning Sovet Ittifoqiga qoʻshilishi roʻy berdi, Kanada buni tan olmadi. 1990-yilda Litva SSSR parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdi va Kanada 1991-yil 2-sentyabrda bu davlat bilan diplomatik munosabatlarni tikladi[1]. 2016-yilda davlatlar diplomatik munosabatlar tiklanganining 25 yilligini nishonladi[2].

Ikki tomonlama shartnomalar

tahrir

Davlatlar oʻrtasida ikki tomonlama shartnomalar imzolangan, jumladan: Ikki tomonlama soliqqa tortishni oldini olish toʻgʻrisidagi bitim (1997); Ijtimoiy taʼminot sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (2006) va Yoshlar toʻgʻrisidagi bitim (2010)[2].

Savdo aloqalari

tahrir

2016-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 422,8 million AQSH dollarini tashkil etdi. Kanadaning Litvaga eksporti 51,1 million AQSH dollariga yetdi va quyidagilardan iborat: mashinalar, avtotransport vositalari va ehtiyot qismlari, baliq va dengiz mahsulotlari, elektr texnika va uskunalar. Litvaning Kanadaga eksporti 371,7 million AQSh dollarini tashkil etdi va quyidagilardan iborat: mineral yoqilgʻi va moylar, mebel va choyshablar, ilmiy-texnik asboblar va oʻgʻitlar[2].

Iqtisodiy munosabatlar

tahrir

2020-yilgi maʼlumotlarga koʻra, Litva va Kanada oʻrtasidagi tovar ayirboshlash 145 mln. yevroni tashkil etgan boʻlsa, Kanada savdo hajmi boʻyicha Litvaning 37-savdo hamkori hisoblanadi. Savdo balansida Litvadan Kanadaga eksport ustunlik qiladi.

Eksport 122,6 mln. yevro; Kanada eksport boʻyicha 29-oʻrinda turadi. Import 22,4 mln yevro; Kanada s import boʻyicha 51-oʻrinda turadi. Eng koʻp import qilinadigan mahsulotlar: yer usti transport vositalari va ularning qismlari (25 %), samolyotlar va ularning qismlari (19 %), elektr mashinalari, ularning jihozlari va qismlari (12 %), yadro reaktorlari, qozonxonalar, mashinalar, mexanik qurilmalar, ularning qismlari, farmatsevtika mahsulotlari. Litvada toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi boʻyicha Kanada 27-oʻrinda (investitsiya 53,5 million yevroni tashkil qilgan).

Diplomatik missiyalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Political Relations between Lithuania and Canada“. 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Canada and Lithuania relations“. 2019-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.
  3. „Embassy Office of Canada in Vilnius“. 2019-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.
  4. „Embassy of Lithuania in Ottawa“. 2021-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-noyabr.