Kanan Abdullaxonli
Kanan Latif o‘g‘li Abdullaxonli ( ozarbayjoncha: Kənan Lətif oğlu Abdullaxanlı, 1987-yil 2-iyulda tug‘ilgan) — ozarbayjonlik paralimpiyachi dzyudochi, 100 kg gacha bo‘lgan vaznda va B3 ko‘zi ojizlar toifasida ishtirok etadi. Rio-de-Janeyrodagi 2016-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlari va Tokiodagi 2020-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi bo‘ladi. 2018-yilgi ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining jamoaviy musobaqada bronza medali sovrindori, Uorik Gran-pri-2021 g‘olibi.
Kanan Latif o‘g‘li Abdullaxonliʼ | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Ozarbayjon |
Tavallud sanasi | 2-iyul 1987-yil |
Sport | |
Qaysi sport | dzyudo |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Jahon chempionati | ||
Bronza | Odivelash 2018 | jamoa |
Jahon kubogi | ||
Bronza | Antalya 2018 | 100kg gacha |
Yevropa chempionati | ||
Bronza | Odivelash 2015 | 100kg gacha |
Bronza | Genuya 2019 | 100kg gacha |
Islom birdamlik o‘yinlari | ||
Kumush | Boku 2017 | 100kg gacha |
Tarjimai hol
tahrirKanan Latif o‘g‘li Abdullaxonli 1987-yil 2-iyulda dunyoga keladi. 2002-yilda Respublika olimpiya sport liseyini tamomlaydi[1] .
2015-yil oktyabr sanasida Odivelash shahrida o‘tkazilgan Yevropa chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi[2] .
2016-yil sentyabrida Abdullaxonli Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan 2016-yilgi yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 100 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Ozarbayjon nomidan ishtirok etgan edi. U birinchi to‘qnashuvda ukrainalik Aleksandr Pominovni ippon bilan mag‘lub etgan bo‘lsa-da, chorak finalda janubiy koreyalik Gvan Geun Choyga ippon bilan imkoniyatni qo‘ldan chiqardi. Abdullaxonli birinchi taksin bahsida eronlik Hamed Alizodani mag‘lub etgan bo‘lsa, bronza medali uchun kechgan jangda o‘zbekistonlik Shirin Sharipovga yutqazib qo‘ydi[3] .
2017-yilning may oyida Bokuda bo‘lib o‘tgan Islom birdamlik o‘yinlarida Kanan Abdullaxonli 100 kg dan yuqori vazn toifasida finalda o‘zbekistonlik Shirin Sharipovga yutqazib, kumush medalni qo‘lga kiritgan edi [4] .
2018-yilning aprel sanasida Antaliyadagi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi[5]. O‘sha yilning noyabr oyida Portugaliyada bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchilar o‘rtasidagi jahon chempionatida Abdullaxonli Ozarbayjon erkaklar terma jamoasi tarkibida jamoaviy turnirning bronza medali sohibi bo‘ldi[6].
2019-yilning may oyida Bokuda o‘tkazilgan Gran-prida 7-o‘rinni egalladi[7]. 2019-yilning iyulida Abdullaxonli Genuyadagi Yevropa chempionatida[8] bronza uchun kechgan bahsda rossiyalik Anatoliy Shevchenko ustidan g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni egalladi[9].
2021-yil avgust oyida Kanan Abdullaxonli galdagi Tokioda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida yana ishtirok etdi. Bu yerda u start olgan bahs kurashida o‘zbekistonlik Sharif Halilovga mag‘lub bo‘lib, turnirni yakunladi[10] .
Manbalar
tahrir- ↑ Azərbaycan müəllimi
- ↑ „2015 IBSA European Judo Championships“. 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-mart.
- ↑ „Закиев и Абдуллаханлы не смогли завоевать бронзу“. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
- ↑ „Кянан Абдуллаханлы выиграл «серебро» Исламиады“. extratime.echo.az. 2017-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
- ↑ „IBSA Judo World Cup Antalya 2018“. 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
- ↑ „Ильхам Закиев и Зульфия Гусейнова помогли сборной завоевать медали на ЧМ“. azerisport.com (18 ноября 2018). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
- ↑ „Five nations claim gold on the final day of the IBSA Grand Prix“. 2022-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
- ↑ Costa wins gold for Italy at home IBSA Judo European Championships
- ↑ „2019 IBSA Judo European Championships results“ (en). ibsajudo.sport (2019). 2021-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-avgust.
- ↑ „Токио-2020. Керимова выиграла Паралимпиаду, Закиев завоевал бронзу“. 2022-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-mart.
Havolalar
tahrir- Kanan Abdullaxonli — judoinside.com saytidagi profil