Kanizak (roman)
„Kanizak“ (inglizcha: The Quadroon, yaʼni kvarteronka[izoh 1]), toʻliq nomi „Kanizak yoxud uzoq magʻribdagi sarguzashtlar“ (inglizcha: The Quadroon: Or, A Lover's Adventures in Louisiana, yaʼni „Kvarteronka yoxud bir oshiqnining Luizianadagi sarguzashtlari“) — irlandiyalik-amerikalik yozuvchi Thomas Mayne Reid romani. Ilk bor 1856-yil chop etilgan.
Asl nomi | The Quadroon |
---|---|
Muallif(lar) | Thomas Mayne Reid |
Tarjimon(lar) | Erkin Mirobidov |
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | roman |
Nashr etilgan sanasi | 1856 |
Nashriyot | „Kamalak“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1991 |
ISBN | ISBN 5-633-00618-6 |
Roman asosida Dion Boucicault „The Octoroon“ pyesasini sahnalashtirgan[1]. „Kanizak“ romanini Erkin Mirobidov oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Oʻzbekcha tarjima 1991-yil Toshkent shahrida „Kamalak“ nashriyotida chop etilgan.
Syujeti
tahrirBuyuk britaniyalik Edward (talaffuzi: Edvard) yangi hayot izlab Amerikaga keladi. Edward boy oilaning oʻzida oq tanlilar, hindular, qora tanlilar hamda Lotin Amerikasi xalqlari qoni boʻlgan goʻzal kanizagi Aurorani (talaffuzi: Avrora) sevib qoladi. Edward erkin odam, Aurora esa qul boʻlgani uchun ikki yosh koʻp toʻsiqlarga duch keladilar. Shuning uchun Edward Aurorani olib qochishga qaror qiladi. Ikki yoshning orzusi amalga oshishida ularga doʻstlari yaqindan yordam beradi.
Qahramonlari
tahrir- Aurora (talaffuzi: Avrora) – qurama kanizak, bosh qahramon sevgan qiz
- Eugenie Besanson (talaffuzi: Ejeni Bezanson) – Auroraning kreoli, mademuazel
- Scipio (talaffuzi: Ssipion) – Eugenie Besansonning xizmatkori
- Edward (talaffuzi: Edvard) – bosh qahramon, sayohatchi
- Gabriel (talaffuzi: Gabriel) – ilon avrovchi, zanji
- Reigart (talaffuzi: Reygart) – doktor, Edwarning doʻsti
- Gayarre (talaffuzi: Gayar) – prokuror, Edwardning dushmani
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirAsarni oʻzbek tiliga 1956-yil „Detgiz“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Erkin Mirobidov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1991-yil Toshkent shahrida „Kamalak“ nashriyotida chop etilgan[2].
Izohlar
tahrir- ↑ Quadroon: bir nafar buvisi yoki buvasi qora tanli, qolganlari esa oq tanli boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllaniladigan haqorat soʻz.
Manbalar
tahrir- ↑ „The Octoroon.“ (inglizcha). James A. Cannavino Library. 2007-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kanizak“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 10-noyabr.
Havolalar
tahrir- „Kanizak“ Oʻzbekiston milliy kutubxonasi saytida[sayt ishlamaydi]
- „Kanizak“ Gutenberg loyihasida (ingl.)