Kanz al-ummol
“Kanz al-ummol fi sunan al-aqvol val-af’ol” (arab. كنز العمال في سنن الأقوال والأفعال) - islom olimi Ali ibn Abdulmalik al-Hindiy (1472 - 1567) tomonidan jamlangan hadislar toʻplami.
Muallif(lar) | Ali ibn Abdulmalik al-Hindiy |
---|---|
Til |
Arabcha |
Janr(lar)i | Hadis to‘plami |
Tavsif
tahrir“Kanz al-ummol” Jaloliddin Suyutiy yozgan “Jomi’ al-kabir” asarining tartiblangan shaklidir[1]. Kitobda 46000 ga yaqin hadis mavjud boʻlib, ularning ishonchliligi turlicha[2]. Unda uchraydigan hadislar toʻliq zanjirsiz keltirilgan va asarda toʻqib chiqarilgan hadislar ham boʻlishi mumkin[3].
Nashrlari
tahrir- Birinchi marta Haydaroboddagi “Doirat al-Maorif” tomonidan nashr etilgan va Jomea Nizomiya olimlari tomonidan tahrirlangan.
- “Dor al-Kutub al-Ilmiyya” tomonidan nashr etilgan, Livan, 1998, Mahmud Umar ad-Dimyotiy tahririda.
Manbalar
tahrir- ↑ Meah, Jameah „Are Hadiths in Kanz al Ummal Authentic?“. SeekersGuidance (27-iyul 2017-yil). Qaraldi: 20-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Kanz ul Amal - AUSTRALIAN ISLAMIC LIBRARY“. Australian Islamic Library. 2022-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-noyabr 2019-yil.
- ↑ Abasoomar, Muhammad; Abasoomar, Haroon „A lengthy discussion between Rasulullah (sallallahu'alayhi wasallam) and a Bedouin“. Hadith Answers (19-mart 2015-yil). Qaraldi: 2020-yil 11-iyun.