Kaplaneios maktabi (yunoncha: Καπλάνειος Σχολή) 1797—1820-yillarda Ioannina shahrida faoliyat koʻrsatgan taʼlim muassasasi. Maktab zamonaviy yunon maʼrifatparvarlik harakatining taniqli vakili Afanasios Psalidasning harakatlari natijasida shaharning eng muhim taʼlim markaziga aylangan[1][2]. Maktab 1922—1926-yillarda qayta qurilgan[3].

Kaplaneios maktabi
Καπλάνειος Σχολή
Joylashgan yeri
Ioannina, Gretsiya
Maʼlumot
Type Akademiya va 20-asrdan buyon boshlangʻich maktab
Asos solingan sanasi 1797-yil
Asoschi Manthos va Zois Kaplanis

Athanasios Psalidas davrida

tahrir

Maktab aka-uka Mantos va Zois Kaplanis hamda savdogarlar va mahalliy xayriyachilarning shaxsiy mablagʻlari hisobidan tashkil etilgan[1]. Maktab ochilishi bilanoq zamonaviy yunon maʼrifatining asosiy namoyandalaridan biri boʻlgan Afanasios Psalidas tashabbusni oʻz qoʻliga olgan va maktab direktori vazifasini bajargan[4].

Faoliyati

tahrir

Biroq, koʻp oʻtmay Ali Poshoning Portega qarshi muxtoriyat tendensiyalarining bostirilishi va 1821-yilda Gretsiya mustaqillik urushining boshlanishi ortidan maktab faoliyati yakunlandi. Ali poshonining isyoni bostirilishi shahardagi maktablarning, shu jumladan Kaplaneiosning vayron boʻlishiga ham sabab boʻldi[5]. Maktab 1922—1926-yillarda Zois Kaplanisning vasiyatiga binoan qayta qurildi va oʻsha vaqtdan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda[3].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Sakellariou, M. V.. Epirus, 4000 years of Greek history and civilization. Ekdotike Athenon, 1997 — 312-bet. ISBN 978-960-213-371-2. 
  2. Bokaris, Efthymios P.; Koutalis, Vangelis (2001). "The "System of Chymists" and the "Newtonian dream" in Greek-speaking Communities in the 17th–18th Centuries". Science & Education 17 (6): 641–661. doi:10.1007/s11191-006-9050-x. 
  3. 3,0 3,1 Sakellariou, M. V.. Epirus, 4000 years of Greek history and civilization. Ekdotike Athenon, 1997 — 414-bet. ISBN 978-960-213-371-2. 
  4. „Καπλάνειος Σχολή- Πατριαρχική Σχολή. [Kaplaneios -Patriarchical School“] (el). Κάτοπρον Ελληνικής Επιστήμης και Φιλοσοφίας (University of Athens). Qaraldi: 2010-yil 30-oktyabr.
  5. Floros, Ioannis N. Paideia in Ioannina during the so-called Tourkokratia: 18th century - beginning 20th century. University of Johannesburg (Thesis). hdl:10210/2572.