Karib dengizi qaroqchilari personajlari roʻyxati

Bu sahifada Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasidagi personajlar roʻyxati keltirilgan.

Personajlar tahrir

Kapitan Jack Chittak tahrir

Jack Chittak — qaroqchi, Qora marvarid kapitani, Karib dengizi qaroqchi-baroni. U oʻz maqsadlariga erishish uchun aql-zakovat, yolgʻon va oʻziga xos kompasdan foydalanadi, nizolarni kuch bilan emas, balki aql bilan hal qilishni afzal koʻradi, lekin jang qilishdan boshqa chora qolmaganida, jang qiladi. U shlyapasi bilan faxrlanadi. Romni juda yaxshi koʻradi. Hatto, Elizabeth Swann'ni Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi laʼnati filmida barcha rom bochkalarini yoqib yuborgani uchun otib tashlashga tayyor boʻlgan.

Will Turner tahrir

William „Will“ Turner, Jr. — Bill Turner'ning oʻgʻli. Birinchi filmda u janob Brown ustaxonasida shogird boʻlib ishlaydi. Shuningdek, u „qaroqchiga duch kelganida oʻzini himoya qilish“ uchun kuniga uch soat qilichbozlik bilan mashgʻul boʻlgan (garchi oʻzi ham oxir-oqibat qaroqchiga aylangan). Elizabeth Swann'ni sevib qolib, uchinchi filmning oxirida uning eriga aylangan. Uchinchi filmda „Uchar gollandlar“ sardori sifatida laʼnatlangan boʻlsa, beshinchi filmda oʻgʻli tufayli bu lanʼatdan qutuladi.

Elizabeth Swann tahrir

Elizabeth Swann — gubernator Weatherby Swann'ning qizi, qaroqchilar qiroli, Singapur qaroqchi baroni (Sao Feng vafotidan keyin). Will Turner va James Norrington'ning sevgilisi. Ikkinchi filmda Elizabeth jamoaning qolgan qismini oʻlimdan qutqarish uchun Jack Chittak'ni Kraken qoʻliga topshirgani haqida hikoya qiladi. Kapitan Jack'ni tiriklar dunyosiga qaytarish uchun u kapitan Barbossa boshchiligida bir jamoa bilan oʻliklar olamiga, Davy Jones'ning sirli joyiga boradi. Uchinchi filmda u Sao Feng oʻrniga Janubiy Xitoy dengizining baroni boʻladi, shuningdek, Jack Chittak'ning ovozi tufayli tarixdagi birinchi qirolicha-qaroqchiga aylanadi. Qirolicha. Will'ning xotini, Henry'ning onasi. Ushbu personaj toʻrtinchi filmda paydo boʻlmagan.

Hector Barbossa tahrir

Hector Barbossa — qaroqchi, Karib dengizi baroni, Qora marvaridning sobiq kapitani. Birinchi qismda u asosiy yovuz qahramon boʻlsa-da, keyingi filmlarda ijobiy qahramonga aylanadi. Toʻrtinchi filmda u Angliyaga xizmat koʻrsatuvchi kaper, ammo film oxirida u yana qaroqchiga aylanadi. Beshinchi filmda Hector qilich yordamida shishadan „Qora marvarid“ni chiqaradi. Jack, Henry va Karina'ni Salazardan qutqarib halok boʻladi.

Joshamee Gibbs tahrir

Joshamee Gibbs yoki janob Gibbs — Jack'ning birinchi turmush oʻrtogʻi va doʻsti.

John Brown tahrir

John Brown — abadiy mast temirchi, birinchi filmning boshida Will Tuner'ning oʻqituvchisi.

Anamaria tahrir

Anamaria — ayol qaroqchi. Jack Chittak bilan toʻqnash kelish imkoniyati uchun janob Gibbs va Will Tuner’ga qoʻshilishga rozi boʻlgan.

Cotton tahrir

Cotton — soqov qaroqchi. Oʻzi gapira olmasa-da, toʻtiqushga gapirishni oʻrgatgan.

Pintel va Ragetti tahrir

Pintel va Ragetti — Barbossa jamoasidagi qaroqchilar. Pintel — past boʻyli va tepakal; Ragetti — bir koʻzli. Ular ajralmasdir. Pintel Ragetti bilan solishtirganda, aqlliroq koʻrinad. Ragetti esa ahmoqga oʻxshaydi.

Davy Jones tahrir

Davy Jones — „Uchar Gollandlar“ sardori va Karib dengizi qaroqchilari filmlar seriyasining ikkinchi va uchinchi filmlaridagi asosiy yovuz qahramon. Tashqi qiyofasi sakkizoyoq tanasiga oʻxshab ketadi.

Tia Dalma / Calypso tahrir

Tia Dalma / Calypso — bashorat qiluvchi ayol. Keyinchalik bu dengiz maʼbudasi Calypso ekani maʼlum boʻladi.

Armando Salazar tahrir

Armando Salazar — Silent Mary kemasi kapitani, el Matador del Mar laqabi ostida tanilgan ispan qaroqchisi. Iblis uchburchagiga tushib, Jack Chittak tomonidan laʼnatlangan. Uning bir odati bor: Kemalarni vayron qilganda, doim bir kishini amalga oshirgan vayrongarchiliklariga guvoh sifatida tirik qoldiradi.

Carina Smyth Barbossa tahrir

Carina Smyth Barbossa — astronom qiz. Jodugarlikda ayblanib, oʻlimga hukm qilinganda, Henry uni qutqaradi. Shundan soʻng, u Poseydon nayzasini topish uchun Qora marvaridga boradi. Keyinchalik u kapitan Hector Barbossaning qizi ekanligi maʼlum boʻladi.

Henry Turner tahrir

Henry Turner — Will Turner va Elizabeth Swann'ning oʻgʻli. U otasini lanʼatdan xalos etish uchun Jack Chittak'ni qidiradi. Maqsad sari yoʻlda Henry Carina ismli astronom qiz bilan uchrashadi va ular birgalikda Poseydon nayzasini qidirishga kirishadilar.

Angelica tahrir

Angelica'ni Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda filmida Penélope Cruz jonlantirgan[1][2]. Otasi — Edward Teach (Qorasoqol), onasi — nomaʼlum. Jack Chittak bilan uzoq payt ishqiy munosabatda boʻlgan. Toʻrtinchi filmning boshida Angelica Jack Chittak qiyofasida Edward Teachning kemasi uchun jamoa toʻplaydi. Keyinchalik — Qorasoqol'ning bosh yordamchisiga aylanadi.

Kapitan Teague tahrir

Kapitan Teague — Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda filmida birinchi marta paydo boʻlgan xayoliy qahramon. Kapitan Teague — „Qaroqchilar sharaf kodeksining qoʻriqchisi“, Jack Chittak'ning otasi. Shuningdek, gʻayratli jahongashta.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. O'Connell, Sean. „Penelope Cruz to romance Johnny Depp in fourth Pirates“ (23-may 2010-yil). 2023-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-mart 2017-yil.
  2. Boucher, Geoff. „'Pirates of the Caribbean' star Penélope Cruz: 'It's so much fun to play a good liar.'“ (27-may 2011-yil). Qaraldi: 20-mart 2017-yil.

Havolalar tahrir