Karim Sultanov
Karim Sultanovich Sultanov (1949-yil, Aravon tumani, Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Karim Sultanov | |
---|---|
Tavalludi |
1949-yil Aravon tumani, Oʻsh viloyati, Qirgʻiziston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti |
Taʼlimi | Toshkent politexnika instituti |
Ilmiy darajasi | fizika-matematikafanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirKarim Sultanov 1949-yili Aravon tumanidagi Langar qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1966—1971-yillarda Toshkent politexnika institutining mexanika fakultetida oʻqigan. 1971—1974-yillarda ga oʻqishga kiradi. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining M. T.Oʻrozboyev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti katta laboranti, 1974—1977-yillarda M. V. Lomonosov nomli Moskva davlat universiteti qoshidagi Mexanika instituti aspiranti, 1977—1987-yillarda M. T.Oʻrozboyev nomli Mexanika va ISM institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimida ishlagan. 1981—1986-yillarda Toshken davlat universiteti fakultetining kechki boʻlimida oʻqigan[1]. 1987—1992-yillarda Moskva davlat universiteti doktoranti. 1992—1995-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining M. T.Oʻrozboyev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti laboratoriya mudiri, 1995—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining bosh ilmiy kotibi[2], 2005—2011-yillarda Oliy attestatsiya komissiyasi raisining birinchi oʻrinbosari, soʻngra raisi, 2011—2021-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining M. T.Oʻrozboyev nomli Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti bosh ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri lavozimida ishlagan[2]. 2021-yildan ushbu institut direktori[1].
Oilasi
tahrirOilali, 2 nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
tahrir1977-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Doktorlik dissertatsiyasini 1992-yilda „Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi“ ixtisosligi boʻyicha Moskva davlat universitetida yoqlagan. 2 ta monografiya va 350 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. Uning ilmiy faoliyati gruntlarda va qattiq jismlarda seysmik toʻlqin tarqalish jaroyonlarini, deformatsiyalanuvchan qattiq jismlarning grunt bilan oʻzaro tasirlarini va iplar mexanikasini tadqiq qilishga bagʻishlangan. Ushbu ilmiy yoʻnalishlarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosda Karim Sultanov yer osti inshootlari seysmik mustahkamligining toʻlqin nazariyasini yaratdi va dinamik kuchlar tasiridan gruntlarning nochiziq deformatsiyalanish qonunlarini ishlab chiqdi[1][2]. Shuningdek, paxta tolalaridan hosil qilingan yigirilgan iplarining tolali tarkibini hisobga oluvchi, ularning nochiziq deformatsiyalanish qonunini ochib berdi[1].