Karimjon-Karlson

oʻzbek adibi Safar Barnayov yozgan hikoya

Karimjon–Karlson“ — oʻzbek shoiri va yozuvchisi Safar Barnoyev yozgan satirik hikoya[1]. 1988-yil ayni nomli toʻplamda yozuvchining boshqa qissa va hikoyalari bilan bir qatorda eʼlon qilingan[2]. Barnoyev hikoyani shved yozuvchisi Astrid Lindgrenning „Karlson“ nomli romanidan ilhomlanib yozgan. Hikoyadagi voqealar qahramonning tushi orqali ertak uslubida bayon etilgan.

Karimjon–Karlson
Muallif(lar) Safar Barnoyev
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i hikoya
Nashr etilgan sanasi 1988

Hikoyada Karimjon Lindgren asarining bosh qahramoni Karlsonga oʻxshab qolishni orzu qiladigan aqlli, katta umidli bola sifatida tasvirlanadi. Hikoya Barnoyevning eng taniqli asarlaridan biri boʻlib, tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan. Xususan, Qarshi davlat universiteti xodimi Murodova Xurshida „Karimjon–Karlson“ nafaqat Barnoyev ijodida muhim oʻrin tutishini, balki oʻzbek tilidagi bolalar nasrida ajralib turuvchi unikal asar deb olqishlagan[1].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Хуршида, Мурадова; Маржона, Самандарова (2022). „Сафар Барноев – представитель детской узбекской литературы“. Journal of New Century Innovations (ruscha). 13-jild, № 2. Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Safar Barnoyev (1938-2001)“. Ziyouz (15-oktyabr 2013-yil). Qaraldi: 24-iyul 2024-yil.