Karisimbi togʻi — Ruanda va Kongo Demokratik Respublikasi chegarasidagi Virunga togʻ izmasida joylashgan faol stratovulqon hisoblanadi. Uning balandligi 4,507 metr (14,787 ft) ga yetadi, Karisimbi togʻi Virunga togʻ tizmasining sakkizta asosiy choʻqqilari orasidagi eng balandi boʻlib, Sharqiy Afrika yoriqlarining gʻarbiy tarmogʻi boʻlgan Albertine Riftining bir qismi hisoblanadi. Karisimbi shimolda Mikeno, sharqda Bisoke va gʻarbda Nyiragongotogʻlari bilan chegaradosh boʻlib, Rift vodiysining narigi tomonida joylashgan. Karisimbi — Afrikaning eng baland togʻlari roʻyxatida 11-oʻrinda turadi.

Karisimbi tog'i
Turi stratovulqon
Joylashuvi Kongo - Ruanda oralig'i
1°30′30″S 29°26′42″E / 1.50833°S 29.44500°E / -1.50833; 29.44500
Ruanda xaritasi

Nomining kelib chiqishi

tahrir

Togʻning Karisimbi nomi mahalliy Kinyarvanda tilidagi „amasimbi“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, qor degan maʼnoni anglatadi. Sababi, vulqonning krater qismi u qadar issiq boʻlmay u yerda qor toʻplanib qoladi. Qorni asosan quruq mavsumda jumladan iyun, iyul va avgust oylarida vulqon tepasida uchratish mumkin. Karisimbi vulqoni faol boʻlmagan vulqonlar sirasiga kiradi.

Togʻ gorillalari

tahrir

Mazkur hududda yashovchi togʻ gorillalarini kuzatish uchun Dian Fossey tomonidan asos solingan Karisoke tadqiqot markazi faoliyat olib boradi. Tadqiqot markazi Karisimbi va Bisoke oʻrtasida joylashgan. Ular faoliyatining asosiy qismi togʻ gorillalarining yashash sharoitlarini oʻrganish va ularni muhofazalashdan iborat.

1908-yilgi ekspeditsiya

tahrir

1908-yilda Egon Von Kirschstein boshchiligidagi ekspeditsiya Karisimbi togʻiga tashrif buyuradi. Ekspeditsiyadan koʻzlangan maqsad vulqon hududini oʻrganish va tahlil qilish edi. Baxtga qarshi, 1908-yil 27-fevral sanasida Branka krateridan tushayotganida ekspeditsiya halokatga uchraydi. Karisimbi togʻida boʻlayotgan kuchli do‘l va qor bo‘roni sababli ekspeditsiyaning yigirma nafar yuk tashuvchisi halok bo‘ladi[1][2].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  •  
  •