Karl Nehammer
Karl Nehammer (nemischa: Karl Nehammer , 18-oktyabr 1972-yil, Vena) — avstriyalik siyosatchi. Avstriya Xalq partiyasi rahbari, 2021-yil 6-dekabrdan Avstriya Federal kansleri[1], 2020-yil 7-yanvardan 2021-yil 6-dekabrgacha Avstriya Ichki ishlar vaziri va 2017-yildan 2020-yilgacha Milliy Assambleya aʼzosi.
Karl Nehammer | |
---|---|
Avstriya kansleri | |
Mansab davri 6-dekabr 2021-yil | |
Prezident | Alexander Van der Bellen |
Oʻtmishdoshi | Alexander Schallenberg |
Avstriya Xalq partiyasi raisi | |
Mansab davri 14-may 2022-yil | |
Oʻtmishdoshi | Sebastian Kurz |
Ichki ishlar vaziri | |
Mansab davri 7-yanvar 2020-yil – 6-dekabr 2021-yil | |
Hukumat boshligʻi |
Sebastian Kurz Alexander Schallenberg |
Oʻtmishdoshi | Wolfgang Peschorn |
Vorisi | Gerhard Karner |
Avstriya Xalq partiyasi Bosh kotibi | |
Mansab davri 20-yanvar 2018-yil – 3-yanvar 2020-yil | |
Oʻtmishdoshi | Stefan Steiner |
Vorisi | Axel Melchior |
NCA MP | |
Mansab davri 9-noyabr 2017-yil – 7-yanvar 2020-yil | |
Oʻtmishdoshi | Rudolf Taschner |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-oktyabr 1972-yil Vena, Avstriya |
Siyosiy partiyasi | Avstriya Xalq partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi | Katharina Nidetzky |
Bolalari | 2 |
Taʼlim | Dunay universiteti |
Alma mater | Krems universiteti |
Kasbi | kansler |
Hayoti
tahrirKarl Nehammer Vena shahrida tugʻilgan. U Kalksburg kolleji va Amerlingstrasse gimnaziyasida tahsil oladi. Gimnaziyani 1992-yilda tamomlagan. Karl Qurolli Kuchlarda koʻngilli boʻlib xizmat qildi va xizmat muddatini 1996-yilgacha uzaytirdi. 1997-yilda leytenant unvoni bilan nafaqaga chiqdi. U Federal Mudofaa vazirligida axborot zobitlari uchun oʻqituvchi-trener va Avstriya Xalq partiyasi Siyosiy Akademiyasi kabi turli muassasalarda strategik aloqalar boʻyicha trener boʻlib ishlagan. 2012-yilda Kremsdagi Dunay universitetida siyosiy muloqot boʻyicha ikki yillik kursni tamomlab, fanlar magistri darajasini oldi[2][3].
Mehnat faoliyati
tahrir2007-yilda Karl Nehammer Avstriya xalq partiyasi shtab-kvartirasida ish boshladi. 2007-2008-yillarda partiya shtabida xizmat va safarbarlik boʻlimi mudiri, 2008-2009-yillarda esa partiya akademiyasida oʻquv va tarmoq boʻlimi mudiri boʻlgan. Shuningdek, Karl Quyi Avstriyadagi partiya akademiyasining direktori boʻlgan[4]. 2015-yil oktabr oyida u Avstriya Ishchilar Federatsiyasi (Österreichischer Arbeitnehmerinnen- und Arbeitnehmerbund, ÖAAB) bosh kotibi oʻrinbosari, 2016-yil aprelidan 2018-yil yanvarigacha bosh kotib etib tayinlandi[2][3]. 2016-yilgi prezidentlik saylovi kampaniyasida u 11% ovozni qoʻlga kiritdi. Ammo, Andreas Kohlga magʻlub boʻldi. Kohl ANPning menejeri boʻlgan[4][5]. 2016-yil noyabr oyida OAABning Vena boʻlimi raisi etib saylandi[3]. 2017-yil aprel oyidan beri Vena-Gitzing tumanidagi ANP rahbari[3].
2017-yilgi parlament saylovlarida u Vena saylov okrugi boʻyicha oʻz nomzodini ilgari surdi va parlamentga kirdi. Hukumatni shakllantirishda Karl ANPning mudofaa sohasidagi muzokaralarida qatnashdi. Karl Nehammer ANP parlament fraksiyasi rahbari oʻrinbosari etib saylandi va spiker etib tayinlandi. 2018-yil yanvar oyida Elizabet Kestinger va Stefan Shtayner oʻrniga Avstriya Xalq partiyasi bosh kotibi boʻlgan. 2018-yil sentabrida Efg‘ani Dönmezning oʻrniga integratsiya va migratsiya boʻyicha vakil boʻldi[6][2][3][7]. 2019-yilgi parlament saylovlarida u okruglar roʻyxatida 5-oʻrin va ANP federal roʻyxatida 11-oʻrin uchun nomzodini qoʻygan. Koalitsiya muzokaralarida u Yevropa migratsiya, integratsiya va xavfsizlik mavzularidagi munozaralarida qatnashadi[2][8]. 2020-yil 7-yanvardan 2021-yil 6-dekabrgacha Avstriya Ichki ishlar vaziri boʻlgan[9][10]. Sebastyan Kurz siyosatdan ketishi va kansler Alexandr Schallenberg isteʼfoga chiqishini eʼlon qilganidan soʻng, Avstriya Xalq partiyasi Prezidiumi Karl Nehammerni partiya raisi etib tayinladi va uni Avstriya federal kansleri lavozimiga nomzod qilib koʻrsatdi[11]. Uning ANP rahbari etib tayinlanishi partiya qurultoyi tomonidan tasdiqlanishi kerak edi[12][13]. 2021-yil 6-dekabrda prezident Aleksandr Van der Bellen Nehammerda kanslerlik qasamyodini qabul qildi[1].
Oilasi
tahrirU sobiq ichki ishlar vaziri Volfgang Sobotkaning matbuot kotibi Katharina Nehammerga uylangan[14]. Er-xotinning ikki farzandi bor[15][16]. Er-xotin 2020-yil boshida Katarina Mudofaa vazirligi matbuot kotibi etib tayinlanganidan keyin, tanqidga uchradilar. Herbert Kickl hukumatni ichki va mudofaa siyosatini „bir oila qoʻliga topshirishda“ aybladi[17]. U 2020-yil iyul oyida aloqalar boʻyicha xususiy sektorda ishlay boshladi. Nehammerning qaynotasi ORFning sobiq boshlovchisi Peter Nidetzky hisoblanadi[18].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Новий канцлер Австрії склав присягу“. Українська правда (2021-yil 6-dekabr). 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 „New Austrian Chancellor is former Minister of the Interior Karl Nehammer“. vindobona.org (2021-yil 3-dekabr). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „Karl Nehammer, MSc“. meineabgeordneten.at. 2017-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ 4,0 4,1 „Karl Nehammer im Porträt: Mars macht mobil“. profil.at (2021-yil 2-dekabr). 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Karl Nehammer: Der Soldat an der Spitze“. puls24.at (2021-yil 2-dekabr). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Nehammer wird neuer ÖVP-Generalsekretär“. Die Presse (2018-yil 18-yanvar). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Nehammer folgt Dönmez als ÖVP-Integrationssprecher“. orf.at (2018-yil 25-sentyabr). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Die Verhandlungsteams von ÖVP und Grünen stehen fest“. wienerzeitung.at (2019-yil 12-noyabr). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Von der Parteizentrale ins Innenministerium“. orf.at (2021-yil 2-yanvar). 2021-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Новий канцлер Австрії: Солдат партії, який став її генералом“. Укрінформ (2021-yil 6-dekabr). 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-dekabr.
- ↑ „В Австрії назвали ім'я нового канцлера“. Укрінформ (2021-yil 3-dekabr). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Австрійський уряд і консервативну АНП має очолити Карл Негаммер“. Deutsche Welle (2021-yil 3-dekabr). 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „В Австрії визначили ім’я нового канцлера“. Европейская правда (2021-yil 3-dekabr). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Ein Stahlhelm für die Herrengasse: Innenminister Karl Nehammer im Porträt“. www.nachrichten.at (2020-yil 1-yanvar). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „Karl Nehammer - Vom Wahlfolder-Verteiler zum Generalsekretär“. www.kleinezeitung.at (2018-yil 20-yanvar). 2021-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-dekabr.
- ↑ „'Loyal soldier' takes helm for Austria's conservatives“ (en). France 24 (2021-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.
- ↑ „Nehammer's wife becomes defense spokesperson“ (de). Der Standard (2020-yil 5-yanvar).
- ↑ „Karl Nehammer's delicate mission“ (de). Die Presse (2020-yil 1-yanvar).
Havolalar
tahrir- Karl Nehammer Avstriya parlamenti veb-saytidagi Arxivnaya kopiya(olm.)