Karamat Toshpo'latova ( 19161968 ) — Oʻzbekiston sovet ittifoqi partiyasi va xo‘jalik rahbari, O‘zbekiston Kompartiyasi Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR Orjonikidze tuman qoʻmitasi birinchi kotibi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1957) sanaladi.

Mehnat faoliyatini tuman mahalliy kolxozining sabzavotchilik brigadasida boshlaydi. U Piskent tuman Butunittifoq Leninchi Kommunistik Yoshlar Ittifoqi (BLKYOI)komsomol qo‘mitasining kotibi etib saylanadi. Toshpo‘latova 1941-yilda SIKP(b) safiga qo‘shiladi. Keyinchalik Piskent tuman partiya qo‘mitasi kotibi, Kalinin tuman ijroiya qo‘mitasi raisi, O‘zbekiston Kompartiyasi Orjonikidze tuman qo‘mitasining birinchi kotibi [1] etib tayinlanadi. U Orjonikidze tumanida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1957-yil 11-yanvardagi Farmoni bilan “Sovet paxtachiligini rivojlantirishda erishgan ulkan muvaffaqiyatlari, paxta yetishtirishda fan yutuqlari va ilg‘or tajribalardan keng foydalanilgani va yuqori hosildorlik va paxta xomashyosidan unumdor  hosil olingani uchun” Lenin ordeni, “O‘roq va bolg‘a” oltin medali hamda Sosialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlanadi.

Karomat Toshpo‘latova 1968-yil 15-fevralda vafot etadi.

Manbalar

tahrir
  1. Некролог, газета «Совет Узбекистони», 17 февраля 1968 года