Kashmir bilan birdamlik kuni (inglizcha: Kashmir Solidarity Day) Pokistonning milliy bayramidir. 1990-yildan beri har yili nishonlanadi. Pokiston hukumati Kashmir xalqlari bilan birdamligini eʼlon qiladi, bu pokistonliklar Kashmir separatistlari rahbarlariga siyosiy yordam koʻrsatishidan iborat. Islomobod maʼlumotlariga koʻra Jammu va Kashmir Hindiston tomonidan bosib olingan hudud boʻlib, bu davlatning tub aholisi hind hukmronligidan mustaqillik uchun kurashmoqda[1][2][3][4].

Tarixi

tahrir

1990-yilda „ Jamoati Islomi“ partiyasi rahbari Qozi Husayn Ahmad Kashmir bilan birdamlik kunini davlat bayrami deb belgilashni taklif qildi. Bu kun Pokistonning Jammu va Kashmirning Hindiston qismidagi isyonchi guruhlarni qoʻllab-quvvatlashiga bagʻishlangan hamda pokistonliklarning Kashmir xalqlari bilan birdamligini bildiradi[5].


Manbalar

tahrir