Kashnez
Kashnez soʻzi fors-tojik tilidan eski oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida ham ayrim tovush oʻzgarishiga uchragan holda aktiv ishlatiladi. Qadimgi turkiy yozma manbalarida qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida Kashnez tarzida keladi.
Boʻlib may shirasidin otashangez, Berib ul oʻtqa taskin kursi kashnez. (Farhod va Shirin, 343)
Shakllari
tahrirEski tojik tilida gashniz-kashniz كشنيز , hozirgi eroniy tillarda: kashniz-kashnij-gashniz, fors tilida keshniz كشنيز , keshnidj كشنيج , hozirgi turkiy tillarda: oʻzbek tilida kashnich, ozarbayjon tilida keshnish kabi koʻrinishlarda qoʻllanadi.
Strukturasi
tahrirSoʻzning strukturasi kash+nez+nej+niz+nish+nich kabi tuzilishdan iboratdir. Ushbu soʻzning birinchi komponenti kash, gash — eski tojik tilida mustaqil qoʻllanuvchi gash-kash كش xoʻb, xush, zebo, jozibali, chiroyli, nozli kabi maʼnoda qoʻllanuvchi soʻz bilan bogʻlanadi. Ikkinchi komponenti -nez,-niz,-nich,-nish,-nij esa fors-tojik tilidagi nesh-nish 1)nayza, uchli ; 2)nish, maysa; 3) uchi, tigʻ, bir narsaning dumi, oʻtkir tomoni kabi maʼnolarni anglatuvchi soʻz bilan bogʻliqdir.
Etimoni
tahrirSoʻzning etimoni haqida maʼlumotlar yoʻq. Bu soʻz tarixan qoʻshma soʻz boʻlib, keyinchalik har xil tovush oʻzgarishlari va komponentlarining nihoyatda oʻzaro „kirishib“ ketishi natijasida, bu soʻz bir soʻz shakliga kelib qolgan. Shunday qilib, kashnez soʻzining etimoni kash+nez boʻlib, chiroyli, zebo, xush maysa maʼnosidadir. Undagi z-ch-sh-j kabi fonetik hodisalar, mazkur soʻz qoʻllanayotgan tilning fonetik qonuniyatlariga mos keladi.
Manbalar
tahrirBu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. O'simliklar nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 58-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.