Katqalʼa (Shovot tumani)
Katqal’a – Xorazm viloyati, Shovot tumanida Urganchdan shahridan 21 km shimoli-gʻarbda Kat qishlog'i hududida joylashgan tarixiy obida. Katqal’a 9.5 gektar maydonni egallagan. Shovotdagi Katqala haqida Munis, Ogahiy, Abdukarim Buxoriy, 1741-yilda Xiva xonligiga tashrif buyurgan Gladishev, Muravin, 1753-yilda Xorazmga kelgan rukavkin, 1842-yilda sharqshunos A. L. Kun asarlarida yozilgan.[1].
Muqobil nomlar | Tuproqqalʼa |
---|---|
Manzilgoh | Xorazm, Shovot Oʻzbekiston |
Turi | Manzilgoh |
Makon qaydlari | |
Qazish sanalari | 1974-yil |
Oʻrganilish tarixi
tahrir1958-1960 yillarda G.Snesaryoʻv, E. E. Nerazik, va M.Vorobiyovalar tomonidan qal’a devorining yonginasida shurf solinadi.
1974-yil Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqolpogʻiston filialining M.Mambetullayev,, Y.Manilov, Gʻ.Xodjaniyozovalar madaniy qatlamni oʻrgandilar.
1987-yil D.Chinyuxin, 1994-yil Sh. Matrasulov, R.Abdirimov, Q.Sobirov, 2002—2003-yillarda Sh. Martasulov, M.Mambetullayev, Gʻ.Xodjaniyozov, N.Yusupov, B.Sadullayev, Q.Masharipov singari arxeologlar qazishma ishlarini olib bordilar.
2005–2007 yillarda shaharda arxeologik tadqiqotlarni tarix fanlari nomzodlariQ.Masharipov, S. Davlatov, Q. Sobirov va B. Saʼdullaevlar olib bordilar. Ilmiy tadqiqotchilar yana shularni yozadilar:
„Masjidning shimoliy qismida yozgi masjid va bitta xona hamda tashqariga chiqadigan yoʻlak ochib oʻrganildi. Shuningdek butun devor boʻylab masjidning umumiy rejalashtirilishini aniqlash uchun tozalash ishlari olib boriladi. Yozgi masjiddan qishqi zalga uchta eshik orqali kirilgan. Devorlar va pol ganch suvoqlar bilan suvalgan. Derazalar oʻyma ganch panjaralardan iborat boʻlgan. Bu erdan asosan XVIII–XIX asrlarga oid sopol buyumlar topildi“[2].
Hayot bosqichlari
tahrirB.Sadullayevning fikriga koʻra Katqal’a 5 ta hayot bosqichiga boʻlingan. Bular;
1. Mill.avv IV-III asrlar
2. Milodiy II-III asrlar
3. VI-VIII asrlar
4. IX asr oxiri XII asr boshlari
5. XVII asrdan 1960 yillargacha boʻlgan davrlar[1].
1974-yil Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqolpogʻiston filialining M.Mambetullayev,, Y.Manilov, Gʻ.Xodjaniyozovalar Katqal’ada 4 ta hayot bosqichi boʻlgan deydilar. Bular quyidagilar:
1 – bosqich. Miloddan avvalgi IV- III asrlar
2 – bosqich. Milodiy VII–VIII asrlar
3 – bosqich. IX–XI asrlar
4 – bosqich. XVII–XIX asrlar[2].
Yangiliklar
tahrirHozirgi kunda Shovot Katqal’asini B.Sadullayev tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 QADIMIY XORAZM QALALARI VA ULARDAGI ARXEOLOGIK TADQIQOTLAR.Razzoqberdi Abdirimov, Umid Bekmuhammad. Xiva.2021
- ↑ 2,0 2,1 http://xorazmiy.uz/oz/pages/view/191
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |