Katrina oʻyma surati
"Kalavera Katrina" , "Katrina bosh suyagi" yoki oddiygina "Katrina" (ispancha: La Calavera de la Catrina) — meksikalik rassom Xose Guadalupe Posada tomonidan 1913-yilda yaratilgan, ruxdan yasalgan oʻyma surat[1]. Tasvir Meksika tasviriy sanʼatining timsoliga aylangan va koʻpincha Oʻlganlar kuniga bagʻishlangan (1-2 noyabr) mehrob va kalavera-kostyumi kabi badiiy kompozitsiyalarida qoʻllanadi. Tasvir rassomning „kalavera“ turkumiga kiradi (ispan tilidan calavera — „bosh suyagi“) — koʻpincha sheʼrlar bilan birga kelgan va zamondoshlar figuralarining, skelet shaklida yaratilgan, kulgili tasvirlaridir[2].
„Katrina“ soʻzi (ispancha: catrina) „olifta“ degan maʼnoni anglatuvchi catrín soʻzining ayolllarga nisbatan ishlatiladigan shaklidir. XX asr boshlarida modaga aylangan gulli shlyapa kiygan holda tasvirlangan haykalcha, boylar va oliftalar, oʻzlarini ahamiyatli ekanliklariga daʼvo qilishlariga qaramay, hamma kabi oʻlishlari mumkinligini koʻrsatish uchun moʻljallangan[3].
Posada davrida „Katrina“ juda mashhur boʻlgan, lekin uning oʻlimidan koʻp oʻtmay unutilgan. Meksika inqilobidan koʻp oʻtmay fransuz rassomi va tarixchisi Jan Sharlo tomonidan Posadaning, boshqa asarlari singari, haykalcha ham topilgan va yana mashhurlikka erishgan. Katrina tezda Meksika sanʼatining noyob timsoliga aylangan va juda koʻp nusxa va variantlarda ishlab chiqarilgan. Xususan, bu tasvir Diego Riveraning „Tushdagi Alameda Parkidagi yakshanba oqshomi“ monumental kartinasiga kiritilgan (ispancha: Sueño de una Tarde Dominical en la Alameda Central), unda Posada, Rivera va uning rafiqasi Frida Kalo ham tasvirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ "Jose Guadalupe Posada, Calavera Catrina (Dapper Skeleton)" ArtofthePrint.com
- ↑ MOKA HAMMEKEN „La Catrina — The woman of Mexico“. Rocky Point 360. 2012-10-29. Povtor 2018-10-27.
- ↑ Delsol, Christine „La Catrina: Mexicoʻs grande dame of death“, SFGate, 25 October 2011.