Katrine Camilleri
Katrine Camilleri (1970-yil 24-fevralda tugʻilgan) – maltalik, huquqshunos va Jezuit Qochqinlar xizmati (JRS) tashkilotining Maltadagi direktori. U qayiqda keladigan qochqinlari uchun qilgan ishlari bilan tanilgan va 2007-yilda Nansen qochqinlar mukofoti bilan taqdirlangan.
Katrine Camilleri | |
---|---|
Tavalludi | 24-fevral 1970 |
Fuqaroligi | Malta |
Taʼlimi | Malta universiteti |
Kasbi | huquqshunos |
Faoliyat yillari | 1994-hozirga qadar |
Unvoni | Jezuit Qochqinlar xizmati (JRS) direktori |
Mukofotlari | Nansen qochqinlar mukofoti (2007-yil) |
Hayoti
tahrir1970-yilda Malta orolida tugʻilgan Katrine Camilleri huquq fakultetida tahsil olgan va talabalik davrida qochqinlar huquqlarini oʻrganish va ularni himoya qilish boʻyicha bir qator tadqiqot olib borgan. 1994-yilda Malta universitetini tugatgandan soʻng, u kichik yuridik firmada ishlay boshlaydi va u yerga yordam soʻrab kelgan qochqinlar bilan suhbatlar oʻtkazadi[1].
Ish faoliyati
tahrir2002-yilda Maltaga qayiqda kelgan boshpana izlovchilar va iqtisodiy muhojirlar soni keskin koʻpaya boshlaydi. Bu oʻsha vaqtda Oʻrta yer dengizi atrofidagi bir qancha Yevropa davlatlarida yuzaga kelgan vaziyatlardan biri edi. Vataniga qaytsa, taʼqibga uchraydigan liviyalik qochqin deportatsiyasining oldini olish Katrine Camillerining birinchi qochqinlar bilan qilgan muhim ahamiyatli ishi boʻlgan. Bu ishdan soʻng uning qochqinlarni himoya qilishga qiziqishi ortadi. 1996-yilda u Jezuit Qochqinlar Xizmatining (JRS) Maltadagi idorasida avval koʻngilli, keyin yarim kunlik va oxir-oqibat toʻliq stavkada ishlay boshlaydi. JRS Maltadagi hibsga olinganlarga muntazam ravishda professional yuridik xizmatlar koʻrsatuvchi birinchi tashkilot boʻlgan. 1997-yildan buyon Katrine Camilleri Maltadagi maʼmuriy qamoqxonalarda saqlanayotgan yuzlab shaxslarga huquqiy maslahat bergan.
2007-yilda Katrine Camilleri Oʻrta yer dengizi orqali qayiqda qochgan odamlar huquqlari uchun qilgan ishlarini eʼtirof etish maqsadida, Nansen qochqinlar mukofoti (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar mukofoti) bilan taqdirlangan.
Manbalar
tahrir- ↑ The European Year of Intercultural Dialogue (EYID) 2008 – (2008) . accessed July 20, 2008.
Havolalar
tahrir- Nansen qochqinlar mukofoti Maltadagi qayiq odamlarini himoya qilish uchun beriladi
- Maltalik advokat Oʻrta yer dengizidagi qayiq odamlariga yordam bergani uchun BMTning qochqinlar boʻyicha eng yaxshi mukofotini qoʻlga kiritdi
- Doktor Kamilleri Marlen Galea bilan Nansen qochqinlar mukofoti va uning ishi haqida suhbatlashmoqda (Podkast)