Katta Guldursin – Quyi Amudaryoning oʻng sohilidagi Qirqqiz kanali sugʻorish tizimida joylashgan boʻlib, rejalashtirilishi notoʻgʻri toʻrtburchak shaklda tekislikka qurilgan, umumiy maydon 620–500 m yaʼni 31 ga. Yodgorlik ikki qator mulofa devor bilan oʻrab olinib, avval paxsadan, keyinchalik toʻrt tomoni teng xom gʻishtdan qurilgan. SHaharda ark-aʼlo sezilmaydi, ichki tuzilishida jamoat binolari qolidiqlari tepalik sifatida mavjud emas. Darvoza janubi- sharqiy qismidagi devor oʻrtasida joylashgan, murakkab inshoot bilan mustahkamlangan. Devor oʻrtasidan 2,10 m yoʻlak oʻtgan. Milodiy I-II asrlarda tashqi devor yaqinidan qoʻshimcha devor qurilgan. Devorda yarim aylana burjlar boʻlib ular oʻrtasidagi masofa 55 m. Yodgorlik miloddan avvalgi IV asrda qurilgan boʻlib milodiy IV-V asrgacha hayot davom etgan. Yodgorlikning qadimgi devoriga ilk oʻrta asrda paxsa devor qurilgan, uning rejalashtirilishida oʻzgarish sezilmaydi. Yodgorlik IX-XIII asr boshlarida iqtisodiy, madaniy va harbiy- diniy markaz boʻlgan. Mudofaa devori va burjlarda taʼmir ishlari olib borilgan. Jumladan, devor va burjning tashqi tomonidan qalinligi 0,80sm-1mpaxsa devor qurilgan. Devor va burjning IX-XIII asr boshlariga oid kismi paxsadan tiklangan, ustki kismida ochik yulak mavjud boʻlib, uning kengligi 2m. Devor burjida taʼmir ishlari olib borilganligi sababli aylana holga kelib qolgan. SHu narsa diqqatga sazovorki tashqi devordan 1m uzoqlikda alohida devor qurilib, u oʻz navbatida aylana xoldagi burjlarga ega boʻlgan (Gʻulomov, 105, 107 betlar).

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir
  • Ya. Gʻulomov. Xorazmning sugʻorilish tarixi. Toshkent, 1959.