Katta Oybugʻirqalʼa

Rakhimboyev Umidjon - 2002 yil 26 - dekabrda Xorazm viloyati shovot tumanida tug'ilgan Toshkent tibbiyot akademiyasi ga 2020 - yilda o'qishga kirgan

Katta Oybug’irqal’a — SHumanaydan 41 km shimoli-g’arbda joylashgan. Mahalliy aholi o’rtasida Jampikqal’a nomi bilan ma’lum. Yodgorlik birinchi marta Xorazm arxeologiya – etnografiya ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan 1946 yilda topilib, uning umumiy ko’rinishi rasmga tushirilgan, rejasi chizilgan, lekin arxeologik qazish ishlari olib borilmagan. 1956 yilda yodgorlik yangidan ko’zdan kechirildi, olingan arxeologik materiallarga qarab uni yoshi mil. avv.. IV, er-ng I asri bilan belgilandi. Yodgorlikning yuqori madaniy qatlami X-XIII asrlarga oid degan xulosaga kelindi. 1964-66 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filialining Ustyurt guruxi yodgorlikda tekshirish ishlarini olib bordi. Yodgorlik to’g’ri bo’rchakka yaqin shaklda qurilgan bo’lib, sharqdan g’arbga qarab cho’zilgan. Qal’aning umumiy maydoni 10 ga. Yodgorlik qadimda mudofaa devor bilan o’rab olinib, devor yodgorlikning 3 tomonida saqlanib qolgan. SHarqiy devor uzunligi 120 m, shimol qismidagi devor 412 m, g’arbiy devor esa 260 m. SHarqiy va g’arbiy devorning pastki qismida paxsa devor mavjud bo’lib uning balandligi 6, 1 m.SHimoliy va g’arbiy tomondagi devorda aylana shaklda burj joylashgan bo’lib, devorda yon tomonga o’sib chiqishi 5-6m. Burjlar o’rtasidagi masofa 48-53m. Yodgorlikning g’arbiy devor o’rtasida darvoza joylashgan bo’lib, darvoza oldi murakkab labirint bilan mustaxkamlangan. Yodgorlikdan mudofaa devori tuzilishini o’rganish 6,5 m maydonda ishlari olib borilgan. Bizgacha saqlangan devor balandligi 1m, tashqi devordan 3,92 m uzoqlikda ko’shimcha devor qurilgan. Uning balandligi 1,2m, kengligi 1m. Devor tosh plitadan va xom g’ishtdan tiklangan. (40x42x9x3sm). Mudofaa devor va ko’shimcha devor o’rtasida qum tuproqlar bilan to’ldirilgan. Bunday tadqiqot ishlari g’arbiy, shimol tomondagi devorlarda olib borildi, natijada bir-birini takrorlaydigan devor va ko’shimcha devor o’rganildi. Yodgorlikning mudofaa devorining pastki qismi paxsadan tiklangan. Yodgorlikda olib borilgan arxeologik qazish ishlari natijasida olingan materiallarga qarab yodgorlikning mudofaa devori III qurilish davridan iborat ekanligi aniqlandi.

I qurilish davrida mudofaa devori paxsadan qurilgan. II bu davrda paxsa devorga xom g’ishtdan ko’shiimcha devor qurilgan, natijada uning balandligi va qalinligi oshib borgan. III qurilish davrida qal’a mudofaa devori paxsa devor bilan koplanadi, yarim aylana burjlar shakllandi (qarangSobirov, 63-64 betlar).

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir

Q.Sobirov. Xorazmning qishloq va shaharlari mudofaa inshootlari. Toshkent, 2009.