Katta Bozor masjidi (ozarbayjoncha: Böyük Bazar məscidi) – Ozarbayjonning Lankaran shahrida joylashgan masjid[1]. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi qarori bilan ushbu masjid mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarix va madaniyat meʼmoriy yodgorligi sifatida davlat muhofazasiga olingan (4805-son)[2].

Masjid
Katta bozor masjidi
ozarbayjoncha: Böyük Bazar məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Hudud Lankaran shahri
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik sanasi XVIII—XIX asrlar
Umumiy maydoni 500 m²
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar balandligi 36 m
Qurilish materiali gʻisht

Tavsifi

tahrir

Katta bozor masjidi XIX asrning dastlabki yillarida qurilgan boʻlib, hozirda shahardagi eng qadimgi masjid hisoblanadi[3]. Masjid devorlari qizil pishiq gʻishtdan qurilgan, tomi sopol koshinlar bilan qoplangan.

Masjid nomi oʻzi joylashgan shahar – Lankaron markazidagi Böyük Bazar (Katta bozor) nomidan olingan[4]. 1929-yilgacha masjidda oltita takya mavjud boʻlgan. Ushbu takyalarning nomi ularni quruvchilar nomidan olingan. Takya Karbalaya Husayn, general Mir Abbosxon Talishinskiy, Karimovlar, Hoji Manaf va Hoji Alasgar takyalari 1930-yillarda Sovet istilosidan keyin yoʻq qilinadi. Takya Hoji Hojiagi Akbarov esa oʻzgarishsiz qoladi. Masjiddan 1938—1980-yillarda non zavodi sifatida foydalanilgan, 1980—1990-yillarda esa galereyaga aylantirilgan[5].

Masjid asosiy va yordamchi binolar hamda bitta minoradan iborat. Masjidning asl minorasi sovet tuzumi tomonidan vayron qilingan, 1995-yilda esa 36 metrli yangi minora qurilgan. Masjidning maydoni 500 m² boʻlib, masjidda bir vaqtning oʻzida 550 kishi namoz oʻqishi mumkin[6].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Mirhaşım Talışlı, Etibar Əhədov. Lənkəran Ensiklopedik Məlumat. Baku: 3 saylı Bakı Mətbəəsi, 2017 — 97–98-bet. 
  2. „Azərbaycan Respublikası Mədəniyyət Nazirliyi Mədəni İrsin Qorunması, İnkişafı və Bərpası üzrə Dövlət Xidməti“. heritage.gov.az. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
  3. „Lənkəran şəhəri, Böyük Bazar məscidi“ (az). scwra.gov.az. 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
  4. „Lənkəran mədəniyyəti“ (az). lenkeran-ih.gov.az. 2013-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
  5. Mirhaşım Talışlı, Etibar Əhədov. Lənkəran Ensiklopedik Məlumat. Baku: 3 saylı Bakı Mətbəəsi, 2017 — 97–98-bet. 
  6. „Lənkəranda yerləşən Böyük Bazar məscidi“ (az). baku-art.com (2021-yil 25-yanvar). 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.