Kattaqoʻrgʻon shahar kasb-hunar maktabi

Kattaqoʻrgʻon shahar kasb-hunar maktabi (qisqartmasi KShKHM, KKHM;) 1976-yilda tashkil etilgan boʻlib[1], 1976-1991-yillar davomida Kattaqoʻrgʻon shahar 94-hunar texnika bilim yurti, 1991-1996 yillar davomida Kattaqoʻrgʻon shahar 19-hunar texnika bilim yurti, 1996-1999-yillar davomida Kattaqoʻrgʻon shahar xunar litseyi, 1999-2020- yillar davomida Kattaqoʻrgʻon shahar Transport kasb-hunar kolleji, 2020-yildan hozirgi kunga qadar Kattaqoʻrgʻon shahar kasb-hunar maktabi maqomi bilan ish faoliyatini olib bormoqda[2]. Kattaqoʻrgʻon shahar kasb-hunar maktabining quvvati 720 oʻringa moʻljallangan. Hozirga kunda Kattaqoʻrgʻon shahar kasb-hunar maktabida 2 ta bosqichda 840 nafar oʻquvchi , 6 ta yoʻnalish boʻyicha tahsil olmoqda. 1-bosqichda 467 nafar va 2-bosqichda 373 nafar oʻquvchi taʼlim olmoqda.

Kattaqo'rg'on shahr kasb-hunar maktabi
(KShKHM, KKHM)
Xalqaro nomi Kattaqo'rg'on shahar kasb-hunar maktabi
Asos solingan 1976
Talabalari 840+
Manzili Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahar Chinobod MFY Qozog'ovul qo'rg'onchasi U.Barnoyev ko'chasi 23-uy
Vebsayti www.kkhm.uz

Mutaxasisliklar tahrir

  1. Avtomobil dvigatellarini tashxislash va taʼmirlash
  2. Avtomobil shassisiga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash
  3. Avtomobil elektr va elektron jihozlariga texnik xizmat koʻrsatish
  4. Avtomobil kuzovini taʼmirlash chilangari
  5. Traktorchi-mashinist
  6. Tikuvchi

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. „KATTAQO'RG'ON SHAHAR KASB-HUNAR MAKTABI“. goldenpages.uz. Golden Pages. Qaraldi: 27-mart 2024-yil.
  2. „Kattaqo'rg'on shahar kasb-hunar maktabi“. orginfo.uz. Qaraldi: 27-mart 2024-yil.