Bonaventura Cavalieri
(Kavalyeri Bonaventuradan yoʻnaltirildi)
Bonaventura Cavalieri (1598, Milan — 1647.30.11, Bolonya) — italiyalik matematik. 1629-yildan Bolonya universitetida matematika kafedrasini boshqargan. "Geometriya" asarida yuza va hajmlarni aniqlashning yangi usuli ("boʻlinmaslar usuli")ni ishlab chiqqan (1635). K.da yassi figuralarning parallel vatarlari yoki fazoviy figuralarning parallel kesimlari boʻlinmas hisoblanadi. K. bu figuralar uchun boʻlinmas yigʻindilar tushunchasini kiritgan. K. ishlari cheksiz kichik miqdorlarni hisoblashning shakllanishida katta rol oʻynagan.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |