Kaya
Eramizning birinchi asrida Koreya yarim orolining janubida yashovchi pyonxan qabilalari asosida 6 ta siyosiy qabilalar ittifoqi Kimkvan Kaya, Tekaya, Sonsan Kaya, Ara Kaya, Koyon Kaya va Sokaya boʻlgan. Afsonaga ko'ra, ularning asoschilari osmondan tushgan 6 ta oltin tuxum boʻlgan ("Samguk yusa"da yozilgan "Karak davlati haqida yozuvlar"). Mazkur qabilalaming birlashuvi natijasida Kaya nomi paydo boʻlgan. Koguryo, Pekche va Silladan farqli ravishda bu yerda konfederativ respublikalar mavjud bodib, ularning har biri mustaqil siyosat olib borishgan. Hududiy nuqtai nazardan Kaya Pekche va Silla oralig'idagi hudud sanaladi. Afsonaga ko'ra, Kaya 42 - 562 yillarda mavjud boʻlgan. Kaya qabilalarining birlashuvi mazkur davlatning asoschisi va birinchi hukmdori Kim Suro (afsonaga ko'ra, eramizning 42 yili- dan boshlab hukmronlik qilgan va 158 yil yashagan) tomonidan Kimkvan Kaya atrofida kechgan. Uning rafiqasi hind malikasi Xo Xvan-ok boʻlgan. Ma'lum vaqt o‘tib Kaya qabilalari markazi Tekayaga o'tgan. Kaya Koguryo, Pekche va Sillaning tajovuzlari os- tida qolgan. Kaya hokimiyati tarqoq boTib, oxir-oqibatda barham topgan. Bu jarayon dasllab Kimkvan Kayada (532 y.), so'ngra Teka(562 y.)da sodir boldi.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |