Kayman orollari
Kayman orollari - Karib den gizidagi orollar, Vest-Indiyada, Yamayka o.dan shimoli-g‘arbda. Buyuk Britaniya mulki. Katta Kayman, Kichik Kayman va Kayman-Brak o.laridan iborat. Umumiy mayd. 259km2. Aholisi 20 ming kishidan ortiq, asosan, kreol, negr va mulatlar. Rasmiy til — ingliz tili. Maʼmuriy markazi — Jorjtaun shahri. Dengiz hayvonlari (akula, toshbaqa, baliq va b.) ovlanadi. Aholi tropik dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Qimmatbaho yog‘och tayyorlanadi. Xalqaro bank operatsiyalarining yirik markazi. Turizm rivojlangan. Orolni 1503-yilda X. Kolumb ochgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ O‘zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |