Keir Starmer
Ser Kir Rodni Starmer (1962-yil 2-sentyabr, Sautvark) – britaniyalik huquqshunos va siyosatchi, Leyboristlar partiyasi rahbari. 2024-yilgi parlament saylovlaridan soʻng u Buyuk Britaniya bosh vaziri etib saylangan[1].
Kir Starmer | |
---|---|
Rasmiy portret, 2024 | |
80-Birlashgan Qirollik Bosh vaziri | |
Mansab davri 5-iyul 2024-yil – hozirgacha | |
Monarx | Charls III |
Oʻtmishdoshi | Rishi Sunak |
Leyboristlar partiyasi yetakchisi | |
Mansab davri 4-aprel 2020-yil – hozirgacha | |
Monarx | Charls III |
Oʻtmishdoshi | Jeremi Korbin |
Tarjimasi holi
tahrirBolaligi
tahrirKir 1962-yil 2-sentyabrda Londonda chilangarlik asboblarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchi Rodni Starmer va Jozefina Starmerlar oilasida tugʻilgan. Kir Starmerning katta opasi Anna (1961-yil iyun oyida tugʻilgan) hamda egizak uka-singlisi Nikolay va Ketrin (1964-yil mart oyida tugʻilgan) bor. Kir tugʻilgandan koʻp oʻtmay, oila Okted shahriga (Surrey grafligi) koʻchib oʻtadi. 1974-yilda Kir Raigit savodxonlik maktabiga oʻqishga kiradi. Ushbu maktab 1976-yilda xususiy maktabga aylantiriladi. Kir musiqani oʻrganish uchun Guildholl musiqa maktabiga oʻqishga kirgan, nay chalishni yetarli darajada oʻzlashtirgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Britaniya bosh vaziri o‘zgaradi: Konservativ partiya 14 yillik hukmronlikni boy bermoqda“. daryo.uz. Qaraldi: 14-noyabr.
Vikiomborda Keir Starmer haqida turkum mavjud |