Kemane
Kemane (makedoncha kemane; talaffuzi [ 'kjɛmanɛ ]) — Makedoniya Respublikasida anʼanaviy ravishda ishlatiladigan kamonli torli cholgʻu asbobi.
Kemanchaning makedoncha versiyasi yoki oʻxshaydi[1][2][3]. Musiqa asbobi koʻpincha xalq musiqasi yoki ashulalariga joʻr boʻlib ishlatiladi. Yakkaxon cholgʻu sifatida kam qoʻllanadi[4][5].
Kemane turli shakllarda yogʻochdan yasaladi. Sozning uzunligi 48 dan 54 sm gacha oʻzgarib turadi. Sozning shakli tekis yoki egik boʻlishi mumkin. Qadimgi kemane cholgʻu asboblari zagotovkada teshik ochib, unga tor sifatida ot dumi qilini tortish yoʻli bilan yasalgan. Zamonaviy kemane torlari skripkadagiga oʻxshab, yogʻoch boshchaga biriktirililadi.
Makedoniyaning eng qadimgi torli asboblaridan biri hisoblanishiga qaramay, kemane faqat XIX-asr oxiri va XX-asr boshlarida Makedoniya musiqasida (čalgija) paydo boʻlgan. Ilgari bir joydan boshqa joyga koʻchib yuruvchi koʻr sozandalar ehson evaziga kemaneda xalq doston qoʻshiqlarini ijro etib yurgan.
Cholgʻuning nomi kemane, ehtimol, turkcha kemenche soʻzidan olingan boʻlib, xalq skripkasi degan maʼnoni anglatadi. Kemane uchta torga ega, baʼzida toʻrt torli nusxalari ham uchraydi.
Ushbu asbob Sharqiy Makedoniya va Osogovo viloyatida keng tarqalgan. Mamlakatning baʼzi qismlarida asbob kyemene (kjemene), Makedoniyaning shimoliy hududlarida esa gusle deb ataladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Thammy Evans. Macedonia, 4th, 2012.
- ↑ Aleksandar Linin. Narodnite muzički instrumenti vo Makedonija. Skopje, Macedonia: Makedonska Kniga, 1986.
- ↑ Ellen Koskoff. The Concise Garland Encyclopedia of World Music: The Middle East, South Asia, East Asia, Southeast Asia, Volume 2. [], 2008. ISBN 0415994047.
- ↑ Dimitrije Bužarovski, Rumena Bužarovska. Contemporary Trends in Musicology and Ethnomusicology. [[Университет Святых Кирилла и Мефодия в Скопье|]], 2004 — 6—7-bet.
- ↑ „Македонски народни инструменти — Ќемане (гусла)“ (mk) (deadlink). http://www.cdnh.edu.mk/+(2006).+2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-mart. (Wayback Machine saytida 2014-03-16 sanasida arxivlangan)