Kendzi Kasaxara (yap. 笠原 健治, 1975-yilda 6-dekabrda Yaponiyaning Osaka provinsiyasi Minoo shahrida tugʻilgan) — mashxur  Mixi ijtimoiy tarmogʻiga asos solgan yapon tadbirkori.  Hozirda Kendzi Kasaxara Yaponiyaning eng boy odamlari roʻyxatida 37-oʻrinni egallab turibdi.

Xronologiya tahrir

1997-yil: (21-yosh)

  • Ish qidirish boʻyicha maʼlumot beruvchi Find Job nomli veb-sayt yaratdi.

1999-yil: (23-yoshda)

  • eMercury Inc kompaniyasiga asos soldi.

2004-yil: (28-yoshda)

  • Mixi ijtimoiy tarmogʻini ommaga taqdim etdi.

2008-yil: (32-yoshda)

  • Kendzi Kasaxara Yaponiyaning 40 ta eng boy insonlari roʻyxatida 37-oʻrinni egalladi. Amerikaning moliyaviy-iqtisodiy jurnali Forbes uning moliyaviy ahvolini 740 million dollar deb baholadi[1].

Manbalar tahrir

  1. „Japan's 40 Richest - Forbes.com“. forbes.com. 2008-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.

Yana qarang tahrir

Havolalar tahrir