Keskan jome masjidi
Keskan jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Keskan jome masjidi
Keskan | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Yangiyoʻl |
Manzil | Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Keskan mahalla fuqarolar yigʻini 41-uy |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik | 2021—2022 |
Soʻngi imom | Olim domla Boymirzayev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi
tahrirKeskan jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Yangiyoʻl tumani, Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Keskan mahalla fuqarolar yigʻini 41-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Olim domla Boymirzayev hisoblanadi. Jome masjid islom meʼmorchiligi asosida mahalliy aholi vakillari, xunarmandlar, mahalla faollari, homiylar tomonidan zamonaviy usulda barpo etilgan. Mazkur masjidga Gulbahor qishloq fuqarolar yigʻini, Keskan mahalla fuqarolar yigʻini, Navroʻz mahalla fuqarolar yigʻini, Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻini, Qatlam mahalla fuqarolar yigʻini, Nurafshon mahalla fuqarolar yigʻini, Chashma mahalla fuqarolar yigʻini, Yulduz mahalla fuqarolar yigʻini, Zilol mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻini va unga yaqin boʻlgan hududlardan mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi.
Tarixi
tahrirKeskan jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mazkur masjidning nomlanishi u joylashgan hududning, koʻchasining tarixi nilan bogʻliq degan tahminlar mavjud. Keskan mahalla fuqarolar yigʻini faollari tashabbusi bilan masjid barpo etildi va unga shu mahallaning muborak nomi berildi[3]. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1999-yil 9-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „КЕСКАН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „ИКРОМ ХОЖИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Tashkilot haqida“. uzorg.info. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.