Kew Jaliens
Kew Raffique Jaliens (talaffuzi: Kyu Jaliyens; 1978-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) — gollandiyalik sobiq futbolchi, himoyachi sifatida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Kew Raffique Jaliens[1] | ||
Tavallud sanasi | 15-sentyabr 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Rotterdam, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.83 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Sagu Boys | |||
Capelle | |||
DCV | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1997-1999 | Sparta | 68 | (4) |
1999-2004 | Willem II | 147 | (4) |
2004-2011 | AZ | 166 | (5) |
2011-2013 | Wisła Kraków | 46 | (1) |
2013-2015 | Newcastle Jets | 36 | (3) |
2015 | Melbourne City | 11 | (1) |
2018 | Weston Workers Bears | 6 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1998-1999 | Niderlandiya U-21 | 11 | (0) |
2008 | Niderlandiya Olimpiya | 3 | (0) |
2006-2007 | Niderlandiya | 15 | (1) |
Boshqargan klublari | |||
2016-2021 | Weston Workers Bears (yordamchi) | ||
2021-2022 | Newcastle Jets FC Yoshlar (yordamchi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klublardagi faoliyati
tahrirSparta
tahrirKew Jaliens oʻz faoliyatini „Sparta“ da boshlagan. 1997-yil 25-mayda 18 yoshida ligadagi debyutida klubi bilan Groningen ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Keyingi 1997—1998-yilgi mavsumda Jaliens asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi. „Sparta“da 68 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.
Willem II
tahrirJaliens 1999-yilda Villem II bilan shartnoma imzoladi va 28-avgust kuni FC Den Boschga qarshi oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi. Oʻzining birinchi golini 2001-yilning 3-fevralida Twente Enschede klubiga qarshi oʻyinda kiritdi.
AZ
tahrir2004-yilda Jaliens AZ bilan shartnoma imzoladi. 14-avgust kuni SC Heerenveen qarshi 1:1 hisobidagi durang oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi. AZ safidagi birinchi golini 2005-yilning 16-martida Vitesse Arnhemga qarshi oʻyinda kiritdi. 2007-yil iyul oyida AZ futbol direktori Marsel Brands bilan shartnomani 2012-yilgacha uzaytirdi. Jaliens klub bilan 2009-yilda Erediviziya va Gollandiya Superkubogini qoʻlga kiritdi
Wisła Kraków
tahrir2011-yil 26-yanvarda Jaliens Polshaning Ekstraklasa jamoasi Wisła Kraków tekinga oʻtdi. Klub bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi[2]. Jaliens debyut mavsumida klub bilan Ekstraklasa chempionligini qoʻlga kiritdi.
Newcastle Jets
tahrir2013-yil 15-avgustda Jaliens Avstraliyaning Newcastle Jets klubi bilan shartnoma imzolagani eʼlon qilindi[3]. 2014-yil 4-avgustda Jaliens Newcastle Jetsning 2014—2015-yilgi mavsumda jamoa sardori boʻlishligini maʼlum boʻldi[4].
Xabarlarga koʻra, 2014—2015-yilgi A-Liga mavsumining oʻrtalarida oʻyinchilar oʻrtasidagi nizo tufayli klub egasi Nathan Tinkler Jaliens bilan xayrlashdi.
Melbourne City
tahrir„Newcastle“dan ketganidan ikki hafta oʻtgach, Jaliens A-Ligadagi vakili Melbourne Cityga qisqa muddatli shartnoma asosida qoʻshildi[5]. Keyinchalik, Jaliens oʻzining sobiq jamoasi Melbourne Cityga qarshi oʻyinda gol urdi.
Xalqaro faoliyati
tahrir2006-yilda Jaliens Marko van Bastendan chaqiruv oldi va Ekvadorga qarshi oʻyinda milliy terma jamoa safida debyut qildi.
2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Jahon chempionati final bosqichi uchun Gollandiya terma jamoasining 23 kishilik tarkibiga kiritilgan. Jaliens Gollandiya terma jamoasi safida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Faoliyat statistikasi
tahrir- 2-noyabr, 2014-yil[6]
Klub | Mavsum | Diviziya | Liga | Kubok | Qitʼa | Pley-oflar | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | |||
Sparta Rotterdam | 1996—1997 | Erediviziya | 2 | 0 | - | - | - | 2 | 0 | |||
1997—1998 | 32 | 3 | 1 | 0 | - | - | 33 | 3 | ||||
1998—1999 | 32 | 0 | 4 | 1 | - | 4 | 0 | 40 | 1 | |||
1999—2000 | 2 | 1 | 2 | 0 | - | - | 4 | 1 | ||||
Sparta Rotterdamda jami | 68 | 4 | 7 | 1 | - | 4 | 0 | 79 | 5 | |||
Willem II | 1999—2000 | Erediviziya | 22 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | - | 28 | 0 | |
2000—2001 | 31 | 2 | 2 | 0 | - | - | 33 | 2 | ||||
2001—2002 | 29 | 0 | 3 | 0 | - | - | 32 | 0 | ||||
2002—2003 | 32 | 1 | 2 | 1 | 5 | 1 | - | 39 | 3 | |||
2003—2004 | 33 | 1 | 4 | 0 | 2 | 0 | - | 39 | 1 | |||
Willem IIda jami | 147 | 4 | 12 | 1 | 12 | 1 | - | 171 | 6 | |||
AZ | 2004—2005 | Erediviziya | 22 | 1 | 0 | 0 | 9 | 1 | - | 31 | 2 | |
2005—2006 | 30 | 0 | 2 | 0 | 7 | 1 | 2 | 1 | 41 | 2 | ||
2006—2007 | 28 | 1 | 3 | 0 | 11 | 0 | 4 | 0 | 46 | 1 | ||
2007—2008 | 30 | 2 | 1 | 0 | 6 | 1 | - | 37 | 3 | |||
2008—2009 | 24 | 1 | 3 | 0 | - | - | 27 | 1 | ||||
2009—2010 | 24 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | - | 31 | 0 | |||
2010—2011 | 8 | 0 | 3 | 0 | 7 | 1 | - | 18 | 1 | |||
AZda jami | 166 | 5 | 14 | 0 | 45 | 4 | 6 | 1 | 231 | 10 | ||
Wisła Kraków | 2010—2011 | Ekstraklasa | 12 | 0 | 2 | 0 | - | - | 14 | 0 | ||
2011—2012 | 19 | 1 | 4 | 0 | 11 | 0 | - | 34 | 1 | |||
2012—2013 | 15 | 0 | 4 | 0 | - | - | 19 | 0 | ||||
Wisła Krakówda jami | 46 | 1 | 10 | 0 | 11 | 0 | - | 67 | 1 | |||
Newcastle Jets | 2013—2014 | A-League | 23 | 2 | - | - | - | 23 | 2 | |||
2014—2015 | 4 | 0 | 1 | 0 | - | - | 5 | 0 | ||||
Newcastle Jetsda jami | 27 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 28 | 2 | ||
Jami faoliyati | 454 | 16 | 44 | 2 | 68 | 5 | 10 | 1 | 576 | 24 |
Terma jamoada
tahrirMavsum | Terma jamoa | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
1998—1999 | Niderlandiya U21 | 11 | 0 |
2008 | Niderlandiya Olimpiada | 3 | 0 |
2006—2007 | Niderlandiya | 15 | 1 |
Yutuqlari
tahrirAZ
- Erediviziya: 2008—2009
- Gollandiya Superkubogi: 2009-yil
Visla Wisła Kraków
- Ekstraklasa: 2010—2011
Manbalar
tahrir- ↑ „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Netherlands“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Kew Jaliens nowym zawodnikiem Wisły“. wisla.krakow.pl. 2011-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-yanvar.
- ↑ „Newcastle Jets sign Kew Jaliens“. Football Federation Australia. 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-avgust.
- ↑ Laws. „Jaliens named Jets captain“. Football Federation Australia (2014-yil 4-avgust). 2014-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.
- ↑ „Duff Diagnosis, Jaliens Signs“. Melbourne City FC (2015-yil 18-fevral). 2015-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-fevral.
- ↑ „Kew Jaliens » Club matches“. worldfootball.net. Qaraldi: 2017-yil 27-oktyabr.