Khmer Respublikasining davlat madhiyasi
Khmer Respublikasining davlat madhiyasi (Khmer: khmer: ដំណើរនៃសាធារណរដ្ឋខ្មែរ, Damnaeu ney Satheareanaroat Khmae; Fransuzcha: La Marche de la République Khmère) — Khmer respublikaning 1975—1975-yildagi davlat madhiyasi hisoblanadi[1][2]. Madhiya Pnompendagi Qirollik Tasviriy sanʼat universiteti oʻqituvchisi Hang Tun Xak boshchiligidagi talabalar guruhlari tomonidan yaratilgan, ammo baʼzi manbalar uni Hem Chieu shogirdi, buddist rohib faoli Khieu Chum tomonidan yozilgan va bastalagan deb aytishadi[3]. Madhiya 1970-yil 9-oktyabrda monarxiya agʻdarilganidan keyin yangi tashkil etilgan Khmer Respublikasining milliy madhiyasi sifatida qabul qilingan. 1975-yilda Qizil Khmerlarning gʻalabasi tufayli respublika tugatilgandan soʻng, qoʻshiq milliy madhiya boʻlishni toʻxtatdi va 1976-yilda rasmiy ravishda Qizil Khmer madhiyasi „Victorious Seventeenth of April“ bilan almashtirildi.
Khmer Respublikasining davlat madhiyasi | |
Qabul qilindi | 1970-yil 9-oktyabr |
---|---|
Bekor qilindi | 1975-yil 17-aprel |
Ikkinchi satrning birinchi qatori „dushman“ Shimoliy Vyetnam kommunistlarining Kambodjaga bostirib kirishi haqida boradi. 1970-yil 29-martda, toʻntarishdan atigi oʻn sakkiz kun oʻtgach ushbu voqea sodir boʻlgan. Keyinchalik qizil khmerlar ikkinchi qoʻmondonining iltimosiga binoan, Nuon Chea Respublika eʼlon qilingan paytda Kambodjaning shimoli-sharqini butunlay bosib oldi.
Matn
tahrirKhmer tilida | Lotin alifbosida | Fransuzvca tarjimasi | Inglizcha tarjima |
ជនជាតិខ្មែរ ល្បីពូកែមួយក្នុងលោក |
Choncheat khmae lbei pukae muoy knong louk, |
Les Khmers sont des gens célèbres et habiles dans le monde |
Khmers are famous and skillful people in the world, |
Pol Pot rejimi agʻdarilgandan soʻng, KPNLFda bir muncha vaqt ishlatilgan. Qizil kxmerlarning fuqarolar urushidagi gʻalabasi va rejim qulaganidan soʻng madhiya sifatida „Shon-sharafli 17-aprel“ madhiyasi qabul qilingan. Barcha hududlar Demokratik Kampuchiya Koalitsion hukumati tarkibiga kirgandan soʻng, eski madhiya butunlay ishlatilmaydigan boʻldi. Demokratik Kampuchiya Konstitutsiyasining qabul qilinishi bilan yangi madhiya tartibi va qonun-qoidalari belgilab berilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Press & Information Office, Embassy of the Khmer Republic „Khmer News. Number 12. April 5, 1974. Page 14“. books.google.co.th (1973). Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
- ↑ រ័ត្ន សណ្ដាប់ „ប្រវត្តិទង់ជាតិ ភ្លេងជាតិ នគររាជ. ភ្នុំពេញ: ២០១១.“. elibraryofcambodia.org. Qaraldi: 2021-yil 24-sentyabr.
- ↑ Harris, Ian (2010). "Buddhism as an Element in Cambodian Political Conflict: the Overthrow of Norodom Sihanouk". Religious Dimensions to Southeast Asian Conflicts Panel, EUROSEAS Conference, University of Gothenburg. Archived from the original on 2015-09-24. https://web.archive.org/web/20150924022530/http://www.globalstudies.gu.se/digitalAssets/1306/1306732_religious_dimensions1.pdf.