Killian Tillie
Killian Wiard Tillie (1998-yil 5-martda tugʻilgan) — fransuz professional basketbolchisi, hozirda erkin agent hisonlanadi. U Gonzaga Bulldogs uchun kollej basketboli musobaqalarida oʻynagan. Boʻyi 2.08 m, ogʻirligi 100 kg bolib, u kuchli hujumchi va markaziy pozitsiyalarda himoyachi sifatida oʻynaydi. Tille 2016—2017-yilgi mavsumida Gonzaga universiteti jamoasiga qoʻshilgan[1].
Free agent | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumot | |
Tavalludi |
5-mart 1998-yil Parij, Fransiya |
Boʻyi | 6 ft 9 in (2.06 m) |
Vazni | 220 lb (100 kg) |
Faoliyati haqidagi maʼlumotlar | |
Kollej | Gonzaga (2016-2020) |
MBA drafti | 2020-yil / Tanlanmagan |
Oʻyindagi faoliyati | 2020-yil—hozirgacha |
Statistikalar NBA.com saytida | |
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida |
Dastlabki faoliyati
tahrirTillie 14 yoshiga qadar basketbol va voleybol bilan shugʻullangan, keyinchalik basketbolga eʼtibor qaratgan. U oʻzining basketboldgi faoliyatini olti yoshida Cagnes Basketdagi yoshlar jamoasida boshlagan. Keyin u 2013-yilda Olimpik d’Antibes yoshlar akademiyasiga qoʻshilishdan oldin Stade Laurentin Basketga oʻtgan[2]. 2014—2015-yilgi mavsum oldidan u INSEP akademiyasiga qoʻshilgan[3].
Sportga kirishi
tahrir2015-yil yanvar oyida Tillie ESPN tomonidan 2015-yil va 2016-yilgi bosqichlarda kollej basketbolini oʻynashga intilayotgan beshta eng yaxshi xalqaro oʻyinchilar orasida eʼtirof etilgan. Oʻsha paytda u Kaliforniyadan katta qiziqish uygʻotgan va jamoalar uning hayratlanarli hujumkor reboundi, yuqori energiyasini koʻrib hayratda qolishgan[4].
Kollej faoliyati
tahrir2017—2018-yilda ikkinchi kurs talabasi sifatida Tillie Gonzaganing ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘lgan, har bir o‘yinda 26,2 daqiqada o‘rtacha 12,9 ball to‘plagan va har bir bahsda 5,9 ribaund va 1 blokdan zarba berishga muyassar boʻlgan[5].
Oʻzining porloq mavsumiga kelib, Tillie Preseason All-WCC jamoasiga tayinlangan[6]. 2018-yil 30-oktabrda Tillie to‘pig‘idagi sinishi tufayli taxminan sakkiz haftani o‘tkazib yuborishi eʼlon qilingan[7].
Terma jamoadagi faoliyati
tahrirTillie Fransiyaning 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasiga 2014-yilgi FIBA 16 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlishiga hissa qoʻshgan, oʻrtacha 14,3 ochko, 9,6 ribaund, 1,7 assist, 1,2 blokli zarba va 1,2 toʻp oʻgʻirlash bilan turnirning eng yaxshi basketbolchisi deb tan olingan[8]. U 25-pogʻonaga tushib ketgan va 18-pogʻonada yakunlagan, chempionlik uchun oʻyinda mezbon Latviya ustidan 78-53 hisobida gʻalaba qozongan[9].
Shaxsiy hayoti
tahrirU Fransiya terma jamoasining sobiq professional voleybolchisi va murabbiyi Loran Tillie va Gollandiyadan sobiq professional voleybolchi Karolin Keulen-Tillining oʻgʻli hisoblanadi. Killianning ukalari ham professional sportchilar: Kim Tillie basketbol oʻynaydi, Kevin Tillie voleybol oʻynaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ „French forward Killian Tillie commits to Gonzaga“ (2015-yil 29-avgust).
- ↑ umdf. „Killian Tillie : nouvelle pépite du basket français“. SportsSpirit. 2016-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
- ↑ „Basket-Ball : un Tillie en cache toujours un autre“. www.paris-normandie.fr. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
- ↑ „The next wave of international prospects“ (2015-yil 31-yanvar).
- ↑ „2017-18 Gonzaga Men's Basketball Season Box Score“. gozags.com. Qaraldi: 2018-yil 27-mart.
- ↑ „Gonzaga picked to Win 2018-19 Men's Basketball Championship“. West Coast Conference (2018-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 18-oktyabr.
- ↑ Johnson, Raphielle. „Stress fracture to sideline Gonzaga C Killian Tillie eight weeks“. NBC Sports (2018-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Tillie Towers Above The Competition | U16 Europe Championship Men — Division A“. u16men.fibaeurope.com. 2015-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.
- ↑ „Boxscore Final Latvia - France“. fibaeurope.com. FIBA Europe (2014-yil 30-avgust). Qaraldi: 2016-yil 6-fevral.