Kim Hyo-yeon (1989-yil 22-sentyabrda tugʻilgan), Hyoyeon yoki DJ Hyo nomi bilan tanilgan[1] janubiy koreyalik qoʻshiqchi, raqqosa, DJ[2]. U 2007-yil avgust oyida "Girls' Generation" qizlar guruhining aʼzosi sifatida debyut qilgan, u Janubiy Koreyada eng koʻp albomi sotilgan ijrochilardan biriga va butun dunyo boʻylab eng mashhur K-pop guruhlaridan biriga aylangan. Oʻshandan beri u „SM Entertainment“ kompaniyasining boshqa loyihalarida, jumladan „Girls' Generation-Oh!GG“ va „Got the Beat“da ishtirok etgan. 2016-yildan beri u yakkaxon ijrochi sifatida qoʻshiqlarini chiqaradi.

Kim Hyo-yeon
Tavalludi 22-sentyabr 1989-yil (1989-09-22) (34 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • raqqosa
  • DJ
Imzosi

Yoshligi va faoliyati tahrir

Hyoyeon 1989-yil 22-sentabrda Janubiy Koreyaning Incheon shahrida tugʻilgan[3]. U ota-onasi va ukasi Kim Min Gu bilan katta boʻlgan. Hyoyeonning rasmiy raqs mashgʻulotlari boshlangʻich maktabda boshlangan. Mahallasidagi kichik hip-hop maktabida hip-hop, jazz va lotin raqslarini oʻrgangan. 1999-yilda u Janubiy Koreyadagi turli xil hip-hop uslublariga ixtisoslashgan Dance School[4] nomli raqs maktabiga oʻqishga kirgan. Maktabda u „Miss A“ aʼzosi Min bilan uchrashgan va u bilan "Little Winners (리틀위너스) " raqs jamoasini tuzgan. Bu duet turli tadbirlarda chiqish qilgan va 2004-yilda HipHoper.com tomonidan eʼtiborga olingan[5].

Hyoyeon „SM Entertainment“ uchun 11 yoshida „SM 2000 Casting System“ tanlovi orqali tinglangan. Hyoyeonning aytishicha, u tanlovdan oʻtgan, chunki onasi uni „H.O.T.“ guruhi bilan uchrashish umidida „SM Entertainment“ ofislariga olib kelgan, Hyoyeon tinglov shousida raqsga tushgan. 2004-yilda „Super Junior“ guruhi aʼzosi Siwon bilan birga u Pekinga xitoy tilini oʻrganishga yuborilgan. U Kim Hye-rang, Poppin Seen, Kwang Hoo (Crazy Monkey), Poppin DS, Kvon Seok kabi eng yaxshi xoreograflardan Electric Boogaloos nomli koʻcha raqsi[6] va boshqa raqs turlari boʻyicha koʻrsatmalar olgan. U, shuningdek, Jastin Timberlakening xoreograflaridan biri va bir nechta chet ellik oʻqituvchilar bilan ishlagan.

„Girls' Generation“ bilan debyut qilishdan oldin u Janet Jackson[7] uchun xoreograf sifatida ishlagan va „M.net KM Music Festival 2005“da chiqish paytida „BoA“ guruhinining siluet raqqosasi boʻlgan[8]. 2007-yilda u Jae Won bilan hamkorlikda „Anonymous“ qoʻshigʻida raqslarini ijro etdi. Hyoyeon, shuningdek, „Star News“ telekanalida Koreyaning 1-raqamli raqqosasi sifatida tanlangan.

Manbalar tahrir

  1. Stern. „DJ HYO: Girl of the EDM Generation“. Paper. Paper Communications (23-aprel 2018-yil). 7-fevral 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-yanvar 2019-yil.
  2. „Happy birthday, Hyoyeon. We look back at the Girls' Generation star's life and achievements“. South China Morning Post (20-sentabr 2019-yil). 25-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2020-yil.
  3. Mark Russell. K-Pop Now!: The Korean Music Revolution. Tuttle Publishing, 29-aprel 2014-yil — 72 bet. ISBN 978-1-4629-1411-1. 30-oktabr 2016-yilda qaraldi. 
  4. „winnersdanceschool.com“ (ko-kr). winnersdanceschool.com (2008-yil 3-fevral). 2011-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-avgust.
  5. „Hiphoper“ (ko-kr). hiphoper.com (2004-yil 27-yanvar). 2007-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-avgust.
  6. „조엔 CHOEN“ (ko-kr). 조엔 CHOEN (13-fevral 2009-yil). 13-avgust 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-may 2010-yil.
  7. Girls' Generation. HMI Magazine, 2010-12-15 — 09 bet. „Dancing queen of the next generation, Hyoyeon studied dance under Justin, Janet Jackson's choreographer.“ 
  8. „이데일리 SPN“. 이데일리 SPN (7-avgust 2007-yil).

Havolalar tahrir