Kim In Bem, shuningdek, Kim In-Bem (1919-yil, Primor oʻlkasi, RSFSR – vafot etgan sanasi nomaʼlum, Beslan, RSFSR, SSSR[1]) – O'zbekiston SSR, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanidagi Dimitrov nomidagi kolxoz rahbari. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[2][3].

Kim In Bem
Tavalludi 1919-yil
Vafoti Aniq emas
Beslan, RSFSR, SSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

Kim In Bem 1919-yilda Primorsk oʻlkasida tugʻilgan[4]. U 1937-yilda koreyslarni deportatsiya qilish paytida u ota-onasi bilan Toshkent viloyatidagi maxsus aholi punktiga kelib, mahalliy kolxozlardan birida ishlagan. 1939-yildan Quyi Chirchiq tumanidagi Dimitrov nomidagi kolxozda dala mudiri boʻlgan. Ulugʻ Vatan urushi boshlanganidan keyin u mehnat armiyasiga chaqirildi. Urush tugagach, Oʻzbekistonga qaytib, Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, Dimitrov nomidagi kolxozda brigada boshligʻi boʻlib ishlagan.

1950-yilda Kim In-Bem boshchiligidagi brigada 12,3 gektar maydondan gektariga 93,5 sentnerdan yashil kanop poyasi yigʻib oldi[5]. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-iyuldagi farmoni bilan unga „Kolxozda barcha turdagi majburiy topshiriqlar va shartnomalarni toʻliq bajargani, sugʻoriladigan yerlarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, yashil kanop poyasidan yuqori hosil olgani uchun“ Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, „1949-yilda MTS ishi uchun natura toʻlovlari va 1950-yil bahorgi ekinlarni ekish uchun tayyorlash, ularni toʻliq miqdorida urugʻlik bilan taʼminlashdagi ishtiroki uchun“ Lenin ordeni hamda "Oʻroq va Bolgʻa" oltin medali berilgan.

Kim In-Bem 1957-yildan Quyi Chirchiq tumanidagi „Leningrad“ kolxozi (keyinchalik Xamza nomidagi) aʼzosi. [[1975—1976-yillarda Qashqadaryo viloyati Qamashin tumanidagi „SSSRning 50 yilligi“ kolxozining oddiy kolxozchisi boʻlgan. 1979-yildan Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Kalinin nomidagi kolxozning oddiy kolxozchisi.

1980-yillarda u Beslanga koʻchib oʻtadi va u yerda vafotigacha yashadi[5]. Oʻlimning aniq sanasi nomaʼlum.

Adabiyotlar

tahrir
  • Страницы истории/ Правобережный район. Владикавказ: Иристон, 1997. — 292 стр., илл., ISBN 5-7534-0896-6
  • Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019
  • З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5
  • Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992
  • Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993
  • Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995
  • Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999

Manbalar

tahrir
  1. „Дмитрий Шин в Новой жизни и Солдатском“. www.koryo-saram.site. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Герой Социалистического Труда Ким Ин-Бем“. www.warheroes.ru. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  3. „Видео-Энциклопедия корё сарам. Герой Социалистического Труда Ким Ин Бем“. www.youtube.com. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  4. Stranitsi istorii/ Pravoberejniy rayon, str. 144
  5. 5,0 5,1 Stranitsi istorii/ Pravoberejniy rayon, str. 145