Kim So-hye (1999-yil 19-iyulda tugʻilgan), Sohye nomi bilan tanilgan, „S&P Entertainment“ komoaniyasi ostida shartnoma imzolangan janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U "Mnet"ning K-pop qizlar guruhi tanlovi boʻyicha „Produce 101“ shousida beshinchi oʻrinni egallagani va „I.O.I“ qizlar guruhining aʼzosi boʻlgani hamda „Poetry Story“ (2017), „Kang Deok-soons Love History“ (2017) filmlaridagi rollari bilan mashhur.

Kim So-hye
Tavalludi 19-iyul 1999-yil (1999-07-19) (24 yosh)
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • aktrisa
  • qoʻshiqchi

Faoliyati tahrir

Aktyorlik kompaniyasidan kelgan Kim aktrisa boʻlish uchun mashgʻulotlarqilgan ammo, „Produce 101“ga qoʻshilishdan oldin qoʻshiq aytish va raqsga tushish tajribasiga ega emas edi[1]. U musobaqada qatnashgan 101 ta qiz orasida beshinchi oʻrinni egallagan va „I.O.I“ guruhi aʼzosiga aylangan[2]. „Redline Entertainment“ kompaniyasi, uni guruhda qisqa muddatli faoliyatidan soʻng aktyorlik mashgʻulotlarini davom ettirishini aytgan[3].

2016-yil iyun oyida Kim oʻzining „S&P (Shark & Penguin) Entertainment“ boshqaruv leyblini yaratgan[4]. U, shuningdek, Seocho tumanida oʻzi va agentligi muxlislari bilan bogʻlanishi mumkin boʻlgan joyni taʼminlash uchun „Penguinʼs Café“ kafesini ochgan[5].

„I.O.I“ doirasidagi tadbirlarda ishtirok etishdan tashqari, Kim "MBC Every1" telekanalining "Star Show 360" va "SBS" telekanalining "Game show" shoularida muntazam boshlovchi boʻlgan[6].

2017-yilda Kim oʻzining „Poetry Story“ veb-dramasida aktyorlik debyutini qilgan[7]. Oʻsha yili u oʻzining birinchi teledramasi „Kang Deok-soonning Love History“ filmida ayol bosh rolni ijro etgan[8].

2018-yilda Kim „Best chicken“ yoshlar dramasida ayol bosh rol obrazida namoyon boʻlgan[9].

2019-yilda Kim „Moonlit Winter“ melodrama filmida katta ekranda debyut qilishi tasdiqlandi[10]. Kino tanqidchisi, kinojurnal eksperti va muxbir „Kim Sohye“ni 2019-yilning 7 ta eng yaxshi koreys aktrisasi, „Moonlit Winter“ filmini esa 2019-yilning eng yaxshi koreys filmlaridan biri deb tan olgan[11]. Kim 2019-yil 9-sentabrda chiqarilgan „8BEAT“ albomi uchun Olltining „Press Start“ filmida suratga tushgan[12]. Kim 2020 -yilda Li Shin Yon bilan birga "KBS" telekanalining „How to Buy a Friend“ serialida rol ijro etgan[13].

2021-yil 4-may kuni Kim So-hye va „I.O.I“ aʼzolari oʻzlarining 5 yillik debyut yilligini „Yes, I Love It!“ deb nomlangan jonli efir shousi bilan nishonladilar[14].

Manbalar tahrir

  1. „[프로듀스101 매력탐구김소혜, 별에서 온 연습생“] (ko). edaily (16-fevral 2016-yil). 16-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  2. „'프로듀스101' IOI 11명 데뷔확정, 1위 전소미&2위 김세정 [종합“] (ko). TV Daily (2-aprel 2016-yil). 16-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  3. Choi. „'IOI' 김소혜, 배우 꿈 놓지 않는다…"연기 트레이닝 계속"“ (ko). Nate. OSEN. 17-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2016-yil.
  4. Cho. „I.O.I′s Kim Sohye Establishes Entertainment Agency“. Mwave. CJ E&M enewsWorld. 24-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2016-yil.
  5. „I.O.I′s Kim Sohye Establishes Entertainment Agency“. Mwave (22-iyun 2016-yil). 16-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  6. „SBS 측 "김희철X김소혜, 게임쇼 '유희낙락' 출연 확정"“ (ko). Herald Pop (6-dekabr 2016-yil). 16-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  7. „I.O.I 김소혜 첫 주연작 '시(詩)스토리' 소혜 편 티저 선공개“ (ko). Sports Chosun (31-mart 2017-yil). 16-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  8. „Kim Sohye from I.O.I lands a lead role in a KBS special drama“. KBS World (1-sentabr 2017-yil). 31-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  9. „박선호X김소혜, 한일합작 드라마 '최고의 치킨' 캐스팅 확정(공식)“ (ko). Newsen (22-avgust 2018-yil). 4-oktabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2018-yil.
  10. „I.O.I 김소혜, 스크린 데뷔…'만월' 김희애 딸 캐스팅“ (ko). SPOTV News (16-yanvar 2019-yil). 3-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-yanvar 2019-yil.
  11. „한국 여배우 최고의 7인, 박지후 & 김소혜“ (ko). blog Naver (14-dekabr 2019-yil). 3-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-mart 2020-yil.
  12. „[아이오아이 김소혜 '"올티 앨범 많이 사랑해주세요"[SNS★컷“] (ko). entertain.naver.com (9-sentabr 2019-yil). 16-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-sentabr 2019-yil.
  13. „김소혜, KBS '계약우정' 여주인공…이신영과 호흡 [공식“] (ko). entertain.naver.com (29-yanvar 2020-yil). 10-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-yanvar 2020-yil.
  14. „I.O.I to celebrate 5th debut anniversary with a reunion show, here's everything you need to know“ (en). I.O.I to celebrate 5th debut anniversary with a reunion show, here's everything you need to know | Bandwagon | Music media championing and spotlighting music in Asia. (2021-yil 4-may). Qaraldi: 2021-yil 5-may.