Kim Sung-joo
Kim Sung-joo (1972-yil 10-oktyabr) – Janubiy Koreya teleboshlovchisi va sobiq suxandoni. Sobiq sport telelboshlovchisi. Ayniqsa, Dad! Where Are We Going? realiti shousi orqali tanilgan[1].
Bolaligi
tahrirShimoliy Chungcheong provinsiyasida tugʻilib oʻsgan. U Cheongju shahridagi oʻrta maktabda oʻqigan. Keyinchalik, Seulga koʻchib oʻtib, u yerda Chung-Ang universitetini tamomlagan.
Faoliyati
tahrirKim Sung-joo oʻzining radiodagi faoliyatini 1995-yilda KTV davlat telekanalida jamoatchilik eʼlonlari oʻquvchisi sifatida boshlagan. U Korea TV Sports (hozirgi SBS Sports) telekanalida keyin Munhwa Broadcasting Corporation (MBC)da ishlagan. Ayniqsa, 2002-yil va 2006-yilda boʻlib oʻtgan FIFA Jahon kubogi bahslarini yoritgan. 2007-yilda MBCdan ketib, frilanserlik sohasida faoliyatini olib bordi. Kim frilanser sifatida Mnetʼs Superstar K va MBC’s King of Mask Singer qoʻshiq tanlovlaridan tortib, Please Take Care of My Refrigerator shousigacha boʻlgan turli mashhur estrada shoularini oʻtkazgan. Shuningdek, 2014-yilgi Qishki Olimpiada va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida mehmon sifatida sport translyatsiyasi sahnasiga qaytdi. 2012-yilda jurnalistlar uyushmasining davom etayotgan ish tashlashlar sababli Londondagi Olimpiadani yoritish uchun MBCga qaytgan. 2021-yilning 15-noyabrida Kim Kim Young-man, An Jung-hvan va Jung Hyung-dolar bilan birgalikda Matched Project (MCP) agentligiga asos soldi.
Shaxsiy hayoti
tahrirKim universitetdagi sevgilisi bilan toʻqqiz yillik tanishuvdan soʻng, 2002-yilda unga uylandi[2]. Ularning uch nafar farzandlari bor. Oʻgʻillari Min-guk va Min-yul va qizi Min-ju.
Manbalar
tahrir- ↑ Pool Leep, Kim (June 9, 2016). „'나가수' 후속은 '아빠 어디가'..김성주 MC“. Star News.
- ↑ Jung, Ji Yoen. „9년 열애 끝에 결혼한 MBC 아나운서 김성주·진수정 부부의 신혼 이야기“ (ko). Women's Dong-A (2002-yil 11-dekabr).