Kim Ye-won (1989-yil 5-dekabrda tugʻilgan), Yewon nomi bilan tanilgan, janubiy koreyalik aktrisa va qoʻshiqchi. U 2011-yilda „Jewelry“ K-pop qizlar guruhi aʼzosi sifatida debyut qilgan[1]. Qoʻshiqchilik faoliyati bilan bir qatorda, u televideniyeda dramalar, sitkomlar va estrada shoularida paydo boʻlgan[2]. „Jewelry“ 2015-yil boshida tarqatib yuborilganidan soʻng, Kim "We Got Married " realiti-shousining toʻrtinchi mavsumiga qoʻshilgan va u yerda qoʻshiqchi Genri Lau bilan juftlik boʻlgan[3]. Uning „Star Empire Entertainment“ kompaniyasi bilan shartnomasi 2016-yil oktyabr oyi oxirida tugashi tasdiqlangan[4]. Keyinchalik u 2016-yil noyabr oyida „Jellyfish Entertainment“ kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan[5].

Kim Ye-won
Tavalludi 5-dekabr 1989-yil (1989-12-05) (34 yosh)
Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • aktrisa
  • qoʻshiqchi
Faoliyat yillari 2011-hozirgacha

Yoshligi va taʼlimi tahrir

Kim Ye-won Janubiy Koreyaning Janubiy Jeolla provinsiyasida tugʻilgan. Kim Myongji kollejida amaliy musiqa boʻyicha tahsil olgan. 

Faoliyati tahrir

Yewon oʻzining debyutini 2011-yil 8-yanvarda „Star Empire Entertainment“ning „Jewelry“ qizlar guruhida qilgan[6]. „Back It Up“ raqamli singli 27-yanvarda unga ishlangan klip bilan birga chiqqan. Yewon ilk bor sahnada „M! Countdown“ shousida qatnashganda namoyon boʻlgan[7]

2011-yil 20-sentabrda Yewon guruhdoshi Semi bilan birgalikda „Jewelry S“ deb nomlangan kichik guruhni tashkil qilgan. Ular „Ames Room Vol.2“ mini-allbomi va uning „Forget It“ qoʻshigʻi bilan bilan debyut qilishgan[8].

„Jewelry S“ bilan debyutidan koʻp oʻtmay, u „Invinsible Youth“ birinchi estrada shousiga taklif qilingan. Yewon shuningdek, „SBS Plus“ telekanali „Oh My God“ dramasida oʻzining birinchi aktrisalik rolini olgan. Yewon shuningdek, „Standby“ va „Reply 1997“ filmlarida kichik rollarni ijro etgan.

Yewon koreyscha dublyaj bilan „Gladiators of Rome“ filmida debyut qilgan[9].

2016-yil 13-dekabrda Seo In-guk, VIXX, Gugudan, Park Yoon-ha, Park Jung-ah, Kim Gyu-sun va Jiyul kabi „Jellyfish Entertainment“ning boshqa sanʼatkorlari bilan birgalikda „Jelly Christmas 2016“ singl albomini chiqargan.

Manbalar tahrir

  1. Sunwoo. „Jewelry to release EP next month“. Korea JoongAng Daily (25-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
  2. Do. „Kim Ye Won to cast in Miss Korea. StarN News (10-noyabr 2013-yil). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
  3. Sung. „Yewon to appear on Married. Korea JoongAng Daily (28-fevral 2015-yil). Qaraldi: 2015-yil 5-mart.
  4. „Former Jewelry Member Yewon's Contract with Star Empire Entertainment to End in October“.
  5. Hwang. 젤리피쉬 측 "예원과 전속계약 체결 완료". Newsen (9-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 2016-yil 9-noyabr.
  6. „Jewelry reveals their fourth member through a unique puzzle game“. allkpop.com (2011-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 8-noyabr.
  7. „Jewelry releases "Back it Up"“. allkpop.com (2011-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 8-noyabr.
  8. „Jewelry's subunit duo 'Jewelry-S' to release digital single, "Forget It"“. Allkpop (2011-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 8-noyabr 2018-yil.
  9. Ho. „ZE:A's Kwang Hee and Jewelry's Kim Ye Won Dub for Gladiator: The Birth of a Lazy Hero. enewsWorld (7-yanvar 2013-yil). 3-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-mart.