King Power Stadium

Angliya, Lesterdagi stadion

King Power Stadium — Lesterdagi futbol stadioni, «Lester Siti» jamoasi uy stadioni. Ba'zida Leicester Tigers regbi klubi ushbu joyda oʻyinlarini oʻtkazadi. Regbi o'yinlarida ko'proq tomoshabin bo'lishi mumkin, chunki mehmon va uy tarafdorlarini ajratishning hojati yo'q. Ilgari Walkers stadioni deb nomlangan[1]. Oʻyingoh yopiq yopiq turdagi stadion bo'lib, maydonning ikki chetida 20 metrli ikkita katta ekran bor. 2021-yildan beri, shuningdek, stadion «Lester Siti» ayollar jamoasining ham uy stadioni hisoblanadi[2].

King Power Stadium
Joyi Lester, Angliya bayrogʻi Angliya
Asos solingan 2001-yil
Qachon qurilgan 2002-yil
Qachon ochilgan 2002-yil 23-iyul
Egasi TIAA-CREF
Yuzasi maysa (Desso GrassMaster)
Inshoot narxi £37 mln
Hajmi 32.500
Maydon oʻlchami 101m × 67m
Maydon egalari
Lester Siti

Asosiy maʼlumotlar tahrir

Ochilishi tahrir

Stadion rasman “Lester”ning sobiq hujumchisi Gari Lineker tomonidan 2002-yil 23-iyulda ochilgan edi. U “Walkers” yuk mashinasida stadionga kelganidan soʻng, u ulkan qaychi yordamida maydondagi lentani kesadi. Yangi stadiondagi birinchi o'yin 2002-yil 4-avgustda Bask jamoasi "Atletik Bilbao"ga qarshi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tdi. O'yin 1:1 hisobida yakunlandi, Tiko birinchi golni urdi va Jordan Styuart "Lester"ning birinchi golini kiritdi. Tomoshabinlar taxminan 24.000 kishini tashkil etdi (kompyuterdagi muammo tufayli rasmiy raqam qayd etilmagan). Birinchi turnirdagi o'yin olti kundan so'ng bo'lib o'tdi va «Lester» 31.022 kishiga yaqin tomoshabinlar oldida «Uotford»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Brayan Din ikkala golni ham kiritadi. «Lester» katta qarzlari boʻlishiga qaramay, atigi 2 ta uy oʻyinida magʻlub boʻlgan holda 2002/03-yilgi mavsumni Premyer-ligaga qaytgan holda yakunladi.

Vertolyot halokati tahrir

2018-yilning 27-oktabr kuni klub egasi Vichai Srivaddhanaprabhaning vertolyoti maydondan koʻtarilganidan koʻp oʻtmay, stadion tashqarisidagi avtoturargohga qulab tushdi. Oʻshanda vertolyotda yana toʻrt kishi boʻlgan. Omon qolganlar yo'q edi.

Nomlanishi tahrir

2002-yilda «Lester Siti»ning sobiq homiysi Walkers stadionga nom berish huquqini beruvchi oʻn yillik shartnoma imzoladi. 2007-yil may oyida ular stadionga homiylik muddatini 2017-yilgacha uzaytirish maqsadida yana katta summali to'lovni to'laganlarida shartnoma muddatining oʻrtasida bekor qilindi. Stadion dastlab "Walkers Bowl" deb nomlanishi kerak edi, ammo muxlislar bu nom "amerikancha" ekanligini vaj qilib bu nomni qoʻydirishmadi. Muxlislarning petitsiyasi natijasida bu nom tezda “Walkers Stadium”ga oʻzgartirildi; ammo ba'zi muxlislar haligacha stadion nomi homiy nomi kelib chiqqanidan, "Filbert", "Fosse" yoki "Tulkilar" kabi nomlar bilan atalmaganidan norozi edilar.

Nom berish huquqi King Powerga 2011/12-yilgi mavsumda sotildi, buning natijasida bu yer King Power stadioni deb nomlanadi.

Manbalar tahrir