Kinosoyuz“ (toʻliq nomi: Rossiya kinematograflari va professional kinematografiya tashkilotlari hamda uyushmalari ittifoqi[1]) — rus kinoijodkorlarining jamoat tashkiloti. 2010-yilda asos solingan.

Raisi — Aleksey Popogrebskiy, ushbu lavozimni 2017-yil 24-iyundagi qurultoydan keyin egallagan[2][3][4].

Tarixi

tahrir

2010-yil bahor faslida Rossiya Kinematograflar uyushmasi rahbariyati va Nikita Mixalkov faoliyatidan norozi boʻlgan bir guruh rus kinoijodkorlari ushbu uyushmani tark etishlarini eʼlon qilishdi. Mazkur qaror yangi „Kinosoyuz“ yaratish gʻoyasining paydo boʻlishiga olib keldi. „Bizga maʼqul emas“ degan mazmundagi murojaat yozildi va unga 150 kishi imzo qoʻydi. „Kinosoyuz“ning asoschilari Eldar Ryazanov, Aleksey German, Yuriy Norshteyn, Aleksandr Sokurov, Aleksandr Gelman, Daniil Dondurey, Vladimir Dostal, Vitaliy Manskiy, Boris Xlebnikov, Andrey Proshkin, kichik Aleksey Germanlar[5] boʻlishdi. 2010-yil 23-iyunda yangi tashkilotning[6] taʼsis konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Boris Xlebnikov birinchi qurultoy oldidan „Kinosoyuz“ raisi etib saylandi.

2010-yil 9-sentabrda Adliya vazirligi tomonidan „Kinematograflar va professional kinematografiya tashkilotlari hamda uyushmalari ittifoqi“ga hududiy jamoat tashkilotining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etildi[5].

„Kinosoyuz“ning birinchi qurultoyi 2011-yil 1-2-iyul sanasida Moskvada boʻlib oʻtdi. Roʻyxat tarkibiga koʻra, oʻsha vaqtlarda „Kinosoyuz“ 168 nafar aʼzodan iborat boʻlgan[7]. Reyting usulida ovoz berish yo‘li bilan 11 kishidan iborat boshqaruv kengashi saylangan. Rahbarlik lavozimiga Andrey Proshkin hamda Vitaliy Manskiylar nomzodi ilgari surilgan, natijada Andrey Proshkin tashkilot rahbari (67 foiz ovoz) sifatida ish boshlagan.

= "Kinosoyuz" faoliyati

tahrir

2011-yil dekabr oyida birinchi marta „Kinosoyuz“ mukofoti — rejissyor Elem Klimov sharafiga nomlangan „Elem“ mukofoti oʻz egalariga topshirildi[8].

Anʼanaga koʻra, ushbu mukofot bir yil avval taqdim etilgan filmlar uchun beriladi. Uning birinchi gʻolibi Aleksey Popogrebskiyning „Men bu yozni qanday oʻtkazdim“ filmi boʻlgan[5].

„Elem“ mukofoti 2012-yilda „Yelena“ (Andrey Zvyaginsev) va „Faust“ (Aleksandr Sokurovn) filmlariga[9], 2013-yilda „Anton shu yaqin atrofda“ (Lyubov Arkus) filmiga[10] berilgan.

Tashkilot sovrinlarni topshirish bilan bir qatorda badiiy-maʼrifiy[4] hamda ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan ham shugʻullanadi.

2014-yilning mart oyida „Kinosoyuz“ ning 169 nafar aʼzosi ukrainalik hamkasblariga xat yozishgan.

"Biz ham xuddi siz kabi Ukraina taqdirini hal qiluvchi hodisalarni yoritishda yolgʻon ishlatilishi, shu bilan birga Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshimiz. Uydirma targʻibotga ishonishimiz uchun bizni bogʻlab turgan juda koʻp narsalar toʻsqinlik qiladi".

Manbalar

tahrir
  1. „Устав «КиноСоюза»“. 2014-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-noyabr.
  2. „Состоялся съезд «КиноСоюза». 24 июня 2017“. 2017-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  3. „Иносъезд“ (ru). www.kommersant.ru (2011-yil 11-iyul). 2021-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  4. 4,0 4,1 „Правила игры. Конференция Киносоюза «Развитие отечественной киноиндустрии как части национальной культуры» - Искусство кино“. old.kinoart.ru. 2021-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  5. 5,0 5,1 5,2 „История «КиноСоюза»“. 2015-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 18-noyabr.
  6. „Противники Михалкова создали новый киносоюз“. kp.ru (2010-yil 23-iyun). 2011-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  7. „Протокол счётной комиссии первого съезда «КиноСоюза»“. 2014-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-dekabr.
  8. „Мультимедийная пресс-конференция, посвященная премии "ЭЛЕМ"-2013“ (ru). РИА Новости (15-fevral). Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  9. „«Элем»: иди и смотри“ (ru). www.mk.ru. Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.
  10. „"Антон тут рядом" получил премию "Элем", опередив "Орду"“ (ru). NEWSru.com (2013-yil 29-noyabr). 2021-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-fevral.

Havolalar

tahrir