Kino (ruscha: Кино) — 1980-yillarning mashhur sovet rok musiqa guruhlaridan biridir. Guruhga 1982-yil Leningrad shahrida asos solingan. Guruh rahbari va uning konsertlarida ijro etgan qo‘shiqlarinining soʻzlari hamda musiqasining muallifi Viktor Tsoy. 1990-yilda uning vafotidan keyin ham guruh 9 yil davomida studiya albomlarida jami 100 dan ortiq qoʻshiqlar, qator toʻplamlar va jonli ijrodagi ijod namunalarini chiqardi. Undan keyin esa izsiz yoʻqoldi. 2012-yilda guruhning bir nechta aʼzolari Viktor Tsoyning vokallari bilan saqlanib qolgan eski yozuvlardan foydalangan holda „Ataman“ qoʻshigʻining studiya versiyasini yozdilar va 2020-yilda guruh yana birlashib bir nechta konsertlar berishdi.

Kino
Кино
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Leningrad, Rossiya SFSR, Sovet Ittifoqi (hozirgi Sankt-Peterburg, Rossiya)
Faoliyat yillari 1981–1990
Janr Post-punk, new wave, punk rock, gothic rock, alternativ rok, folk-rok, psychedelic rock
Leybl AnTrop,Yanshiva Shela,Melodiya,Moroz Records
Sobiq aʼzolar Viktor Tsoy
Yuri Kasparyan
Georgiy Guryanov
Igor Tixomirov
Aleksey Ribin
Oleg Valinskiy
Aleksandr Titov
Vebsayt kino.band
Viktor Tsoy akustik konsert uchun gitara sozlamoqda. 1986-yil

Kino guruhi Leningradning ikki beat-guruhlari aʼzolaridan tashkil topgan – Palata № 6 va Pilgrim; birinchisida Viktor Tsoy bas gitara chaldi, ikkinchisida gitarachi Aleksey Ribin va barabanchi Oleg Valinskiy bor edi. Bundan tashqari Tsoy bir necha marta Andrey Panov bilan "Avtomatik qoniqarlilar" guruhining konsertlarida ham chiqish qilgan. Ribin esa bir qancha vaqt Paragraf bilan ijod qilgan.

Xodimlar tahrir

  • Noviye kompozitori“ („Yangi kompozitorlar“)

Manbalar tahrir