Kineograf (ingliz. Kineograph) — bir necha kadrdan iborat va varalqlarga tushirilgan animatsion tasvirini yaratish uchun qurilma. Tomoshabin daftarni maxsus tarzda varaqlab, animatsiya effektini kuzatadi. Kineografiya — animatsiyaning bir turi.

Kinograf, 1886-yil
Kinograf

Kineograf nomi 1868-yilda Jon Barnes Linnet ismli ingliz tomonidan patentlangan. 1894-yilda nemis kinematografi va kashfiyotchisi Maks Skladanovski kinograf yordamida filmlarni suratga olish va proyeksiyalash uchun qurilma — Bioskopni yaratishdan bir yil oldin oʻzining birinchi sinov suratlarini taqdim etdi.

1897-yilda ingliz Genri Uilyam Short (ing. Henry William Short ) „filoskop“ (ingliz. filoscope) patent nomi ostida kineografni ommaviy tarzda ishlab chiqara boshladi va uni metall korpus va sahifalarni aylantirishni osonlashtiradigan tutqich bilan taʼminladi.

Yana qarang

tahrir