Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasi

Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasi (ingl. The Academy of Motion Picture Arts and Sciences, AMPAS; Kinomatografiya akademiyasi va Akademiya nomlari ostida ham mashhur)- kinomatografiya sanʼati va fanlarini rivojlanishiga bagʻishlangan nufuzli tashkilot. Tashkilotning korporativ boshqaruvi va umumiy siyosati boshqaruv kengashi tomonidan olib boriladi.

Beverli-Xillzdagi Akademiya shtab-kvartirasi (2009 yil fevral)

Akademiya oʻzining yillik Academy Awards sovrini bilan dunyoda mashhurlik qozongan, hozirda rasman va ommatan Oskar nomi bilan ataladigan sovrin.

Bundan tashqari Akademiya har yili kinomatografiyadagi yutuqlar uchun "Governors Awards", talabalar uchun "Student Academy Awards" kabi taqdirlash marosimlarini oʻtkazadi.

Akademiya 2021-yil Los Angeles shahrida oʻzining kinomatografiya muzeyiga asos soladi

Tarixi

tahrir

Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasining gʻoyasi "Metro-Goldwyn-Mayer"(MGM)ning rahbari Louis B. Mayerga tegishli. U kinostudiyalarni rivojlanishiga va ragʻbatlanishiga hissa qoʻyuvchi tashkilot kerakligini angladi. Dastlab u bu gʻoyani aktyor Conrad Nagel, rejissor Fred Niblo va prodyusser Fred Beetson bilan maslahatlashdi[1][2]. Bu uchrashuvdan soʻng,1927-yil 11-yanvar kuni, u rasmiy ravishda sanʼatning barcha sohalaridan 36ta professional ijodkorlarni Los Angelesdagi Ambassador Hotel mehmonxonasiga bazmga taklif etadi[3][4].Shu kunda Kinomatografiya sanʼati va fanlari akademiyasiga asos solindi[5].Oʻsha bazmda qatnashgan oʻttiz olti kishi rasman Akademiyaning asoschilari deb hisoblanishadi[6]. 1928-yilda yetti kishidan tashkil topgan kommitet mukofotlarni 12 kategoriya asosida taqdim qilishni taklif qiladi.1929-yil 16-may sanasida Akademiya tarixida birinchi marotaba taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi[3].

Akademiyaning asoschilari

tahrir

Aktyorlar

tahrir

Prodyuserlar

Rejissorlar

Akademiyaning Prezidentlari

tahrir

Prazidentlar bir yil muddatga saylanishadi va ular ketma-ket to‘rt muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Thompson, David „The House That Mr. Mayer Built: Inside the Union-Busting Birth of the Academy Awards“. www.vanityfair.com. Vanity Fair. Qaraldi: 20-iyul 2022-yil.
  2. http://www.awardsandshows.com/features/academy-of-motion-picture-arts-and-48.html Academy of Motion Picture Arts and Sciences
  3. 3,0 3,1 „arxiv nusxasi“. 2022-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  4. Levy, Emanuel. And The Winner Is…. New York: Ungar Publishing, 1987 pg. 1
  5. „Oscar — the main film award in the USA“. American Butler. Qaraldi: 20-iyul 2022-yil.
  6. https://americanbutler.ru/en/useful/culture/oscar-academy-awards?ysclid=l5u25w3iq4920259020