Kinopovest — kinoshunoslikning termini, kinonovellaga nisbatan murakkab va kengroq epiklikka ega boʻlgan kino asari. Kinopovestda personajlar miqdori, ularga xos xarakter xislatlari batafsilroq yoritiladi. Shuning uchun ham kinopovestning kompozitsiyasi murakkab xarakterga ega boʻladi.

Keyingi yillarda bu termindagi asosiy urgʻu povestga qaratilmoqda. Chunki ayrim yozuvchilar kinematografiya terminlarini qoʻllagan holda maxsus ssenariy shaklida povestlar yaratmoqdalar. Kinopovest terminini biror muallifning kino sanʼati uchun yozgan ssenariy xarakteridagi asariga yoki sof adabiy janr boʻlmish povestlarning ekranlashtirilgan variantlariga nisbatan qoʻllash maqsadga muvofiqdir.

Oʻxshash maqolalar

tahrir

Manbalar

tahrir

Jahon adabiyoti terminlarining izohli lugʻati