Kirov viloyati - Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. 1934-yil 7-dekabrda Kirov oʻlkasi nomi bilan tashkil etilib, 1936-yil 5-dekabrdan viloyatga aylantirilgan. Maydoni 120,8 ming km². Aholisi 1589,4 ming kishi (2000), asosan, ruslar; shuningdek, mari, tatar, udmurt, komilar ham yashaydi. Shaharliklar 71%. 39 tumanga boʻlingan; 18 shahar, 57 shaharcha bor. Markazi – Kirov shahri

Rossiya Federatsiyasi subyekti
Кировская область
Kirov viloyati
Xabarovsk oʻlkasi bayrogʻi Xabarovsk oʻlkasi gerbi
Kirov viloyati bayrogʻi Kirov viloyati gerbi
Administrativ markaz Kirov
Maydon 120 374 km² (30-chi)
- suv qismi 0,5%
Aholi 1 319,4 ming kishi (32-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2013
- zichlik 10,96 kishi / km²
YaIM 166,2 mlrd rub. (50-chi)
- maʼlumot olingan vaqt 2010
- jon boshiga 107,2 ming rub.
Federal okrug Privoljsk
Iqtisodiy tuman Privoljsk
Gubernator Nikita Belix
RF subyekti kodi 43
Vaqt mintaqasi MSK+4 (UTC+8)

Kirov viloyatining yer usti past-balandlik boʻlib, shimolidan jan.ga pasayib boradi. Foydali kazilmalari: temir rudasi, yonuvchi slanetslar, fosforit, torf. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi –14°, iyulniki 17°. Yillik yogʻin 500 mm. Vegetatsiya davri 155–170 kun. Asosiy daryosi – Vyatka. Tuproqlari podzol, chimli podzol, unumdor chimli-karbonatli, oʻtloqi, botqoq va kulrang tuproqlar.

Sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik, yengil, oʻrmon, yogʻochsozlik va sellyuloza-qogʻoz sanoati yetakchi oʻrinda. Mashinasozlik sanoatida elektrotexnika buyumlari va koʻtarish-transport jihozlari ishlab chiqariladi. Kirov viloyati yogʻoch, taxta, standart uylar, mebel, changʻi yetkazib beradigan asosiy rayon. Yengil sanoatda mahalliy xom ashyo asosida moʻynali va teri buyumlari tayyorlanadi.

Kirov viloyati sut va goʻsht chorvachiligi, gʻalla, tolali zigʻir va kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki, parranda boqiladi. Kirov viloyati, avtomobil yoʻllari bor. Vyatka daryosida kema qatnaydi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil