Kirsty Hanson (1998-yil 17-aprelda tugʻilgan) — Shotlandiyalik futbolchi, «Manchester Yunayted» ayollar jamoasi va Shotlandiya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Kirsty Hanson
Man_Utd_Women_5_Lewes_FC_Women_0_11_05_2019-59_(47799080862)
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 17-aprel 1998-yil (1998-04-17) (26 yosh)
Tavallud joyi Halifax, Angliya Angliya
Boʻyi 163 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester Yunyted W.F.C.
Raqami 18

Jamoalardagi faoliyati

tahrir
 
Hanson Manchester Yunayted tarkibida

U futbolchilik faoliyatini «Manchester Yunayted» mashgʻulotlar markazida boshlagan. 2015-yilda u «Liverpul» akademiyasi futbolchisiga aylandi. 2016-yil iyun oyida u Sheffild klubiga qoʻshildi. 2016-yilda u jamoa uchun 10 ta oʻyin oʻtkazdi.

2016-yil dekabr oyida u Doncaster Rovers Bells klubiga oʻtdi va bu Ayollar Superligasi bahorgi seriyasi boshlanishidan oldin jamoaning birinchi xaridiga aylandi[1].

2018-yilning 1-iyulida Kirsty professional futboldagi birinchi mavsumi oldidan «Manchester Yunayted» ayollar jamoasiga qoʻshildi. U ilgari «Manchester Yunayted»ning yoshlar akademiyasida oʻynagan va unga professional futbolchi sifatida qaytgan yetti nafar futbolchidan biriga aylandi[2]. 9-sentabr kuni u «Yunayted» safidagi ilk gollarini urdi va ayollar chempionati doirasida «Aston Villa»ga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi. Hammasi boʻlib 2018/19-yilgi mavsumda u 5 ta gol urdi va jamoaga Angliyada ayollar futbol ligasi tizimidagi oliy divizion boʻlgan Ayollar Superligasiga chiqishni taʼminlab, Chempionatda gʻalaba qozonishiga yordam berdi[3]. Keyingi mavsumda, Ayollar Superligasida Hanson oktabr oyida ikkita gol urdi (13-oktabrda «Tottenxem»ga qarshi oʻyinda va 27-oktabrda «Reding»ga qarshi oʻyinda), shundan soʻng u ayollar Superligasida oktabr oyi natijalariga koʻra eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi (FA WSL oyining eng yaxshi futbolchisi)[4].

 
Hanson Qizil iblislar tarkibida

Terma jamoadagi karyera

tahrir

Hanson Angliyada tugʻilgan, ammo onasining vatani boʻlgan Shotlandiya terma jamoasida oʻynashga qaror qilgan[5].

Shotlandiyaning 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan ayollar futbol jamoalarida oʻynagan.

2019-yil noyabr oyida u Shotlandiya ayollar jamoasiga birinchi chaqiruvni oldi. U 2019-yil 8-noyabr kuni Albaniyaga qarshi oʻyinda oʻzining debyutini oʻtkazdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi[6].

 

Karyera statistikasi

tahrir

Klubdagi statistika

tahrir
Klubdagi natijalari
Klub Mavsum Liga FA kubogi Liga kubogi Umumiy
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sheffield F.C. 2016 WSL 2 8 0 0 0 2 0 10 0
Doncaster Rovers Belles 2017 WSL 2 9 3 1 0 0 0 10 3
2017-18 18 10 0 0 4 1 22 11
Umumiy 27 13 1 0 4 1 32 14
Manchester Yunayted 2018–19 Championship 17 5 3 0 6 0 26 5
2019–20 WSL 11 3 1 0 4 0 16 3
2020–21 20 5 2 2 3 0 25 7
2021–22 17 1 1 0 5 0 23 1
Umumiy 65 14 7 2 18 0 90 16
Karyerada umumiy 100 27 8 2 24 1 132 30
 

Terma Jamoa statistikasi

tahrir
 Shotlandiya
Yil Oʻyin Gol
2019 1 0
2020 3 0
2021 6 1
2022 2 0
Umumiy 12 1

Xalqaro maydondagi gollari

tahrir
Raqam Sana Tartib Joy Raqib Hisob Natija Turnir
1 19-Fevral 2019-yil 5 AEK Arena, Larnaca, Misr   Misr 4–0 10–0 UEFA Euro 2022 kvalifikatsiya

Yutuqlar

tahrir
 

Klubdagi yutuqlar

tahrir

Doncaster Rovers Belles

tahrir
  • FA WSL 2:2017-18[7]

Manchester Yunayted

tahrir
  • FA Ayollar oʻrtasidagi Chempionship: 2018–19[8]

Shaxsiy yutuqlar

tahrir
  • FA Ayollar Superligasida oyning eng yaxshi futbolchisi: 2019-yil oktabr[9]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir