Kitob kenglik stansiyasi- Oʻzbekiston Respublikasi, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani hududida joylashgan. Stansiya dunyodagi 5 ta kenglik stansiyasidan biri hisoblanadi. Yer qutblarining joylashuvi oʻzgarishini kuzatib boradi[1][2].

Tarixi

tahrir

O‘rta Osiyoda Yer harakatini tekshirishning yangi davri Ulugʻbek nomidagi Kitob Xalqaro kenglik rasadxonasining barpo etilishi va faoliyati bilan boshlangan.

1928-yilning sentyabrida Germaniyadan Bamberg zenit – teleskopi va Short soati sotib olindi. 1930-yil 14-noyabrda birinchi kuzatish boshlandi va hozirgi kunga kadar uzluksiz davom etib kelmoqda. Ikkinchi jahon urushi davrida ham stansiya oʻz faoliyatini amalga oshirdi. Oʻsha yillarda bu yerda „Oʻzbekiston“ deb nom berilgan kichik sayyora kashf etilgan edi.

2009-yilda Maydanak observatoriyasining teleskopida kitoblik Bahodir Hafizov hamkasbi Aleksey Sergeyev bilan birga yangi kichik sayyorani kashf etishdi. Sayyoraga „Samarqand“ nomi berilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Sights of Kitab“. Qaraldi: 25-aprel 2023-yil.
  2. „Kitob kenglik stansiyasi“. Qaraldi: 25-aprel 2023-yil.